|
BUYUK AJDODLARIMIZ HAQIDA SAVOLLAR
|
bet | 4/7 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 53 Kb. | | #148740 |
Bog'liq Савол-жавобларBUYUK AJDODLARIMIZ HAQIDA SAVOLLAR
Sohibqiron Amir Temur kim?
Javob: Sohibqiron O`rta, Janubiy va G`arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o`rin tutgan tarixiy shaxs, turkiy hukmdor, va sarkarda. Sohibqiron poytaxti Samarqand bo`lgan Temuriylar saltanati (1370-yil) asoschisi. U 1336-yil 9-aprelda Shahrisabzning Xo`jailg`or qishlog`ida tavallud topgan. 1405-yilda vafot etgan.
“Sohibqiron” so`zining ma`nosi nima?
Javob: “Sohibqiron” so`zining arabcha “Saodatli, zafarli, g`olib” kabi ma`nolari bor. Ilmi nujum (astrologiya)da va afsonalarda Zuhra (Venera) – do`stlik va mehru muhabbat tug`yonlarini in`om aylaguvchi, Mushtariy (Yupiter) – omadu iqbol, muzaffariyatu shodiyonalar sayyorasi deb ta`riflanadi. Shu ikki sayyoraning bir burjda uchrashgan vaqti saodatli lahzalardur, uni qiron deydilar, shunday vaqtda tug`ilgan bola o`sha qiron sohibi hisoblanadi. Bunday bolaning baxtli, ulug` martabalar egasi bo`lishi oldindan bashorat etiladi. Sharq mamlakatlarida hukmdorlarga beriladigan sharafli unvon. Amir Temur Ko`ragon ham shu unvonga musharraf bo`lgan.
O`zbek jadidchilik harakati namoyondalaridan kimlarni bilasiz?
Javob: Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo`ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Isxoqxon To`ra Ibrat, G‘ulom Zafariy va b.
Jadidchilikning asosiy g`oya va maqsadlari nimalardan iborat edi?
Javob: Turkistonni o`rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma`rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyey monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o`rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo`shin tuzish edi. Toshkent, Farg`ona, Buxoro, Samarkand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-ma`rifiy yo`nalishdagi jamiyat va uyushmalardan Jadidchilik harakati shakllangan edi.
|
| |