|
Qaysi 3 ta madrasalar jam bo`lib, “Registon maydoni”ni tashkil qiladi?
|
bet | 6/7 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 53 Kb. | | #148740 |
Bog'liq Савол-жавобларQaysi 3 ta madrasalar jam bo`lib, “Registon maydoni”ni tashkil qiladi?
Javob: Ulug`bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tillakori madrasasi (1647-1660).
BILISHIMIZ LOZIM.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasini aytib bering.
Javob: O`zbekiston-boshqaruvning respublika shakliga ega bo`lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Davlatning “O`zbekiston Respublikasi” va “O`zbekiston” degan nomlar bir ma`noni anglatadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasini aytib bering.
Javob:O`zbekiston Respublikasining davlat tili-o`zbek tilidir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasini aytib bering.
Javob: O`zbekiston Respublikasi qonuni biilan tasdiqlanadigan davlat rasmzlari-bayrog`i, gerbi, madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasini aytib bering.
Javob: Har kim sog`lig`ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasini aytib bering.
Javob: Har kim ta`lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta`lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta`lim tashkilotlari rivojlanishini ta`minlaydi. Davlat maktabgacha ta`lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasini aytib bering.
Ota-onalar va ularni o`rnini bosuvchi shaxslar o`z farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqishi, ularni tarbiyasi, ta`lim olishi, sog`lom, to`laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar.
Yurtimizda qanday milliy bayramlar nishonlanadi?
Javob:“Navro`z-umumxalq bayrami”, “Xotira va qadrlash kuni”, O`zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni, “Ustoz va murabbiylar kuni”, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, “Ramazon hayiti”, “Qurbon hayiti”.
|
| |