|
O`zbekiston Respublikasining “Mustaqillik dekloratsiyasi” qachon qabul qilingan?
|
bet | 1/7 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 53 Kb. | | #148740 |
Bog'liq Савол-жавоблар
O`zbekiston Respublikasining “Mustaqillik dekloratsiyasi” qachon qabul qilingan?
Javob: Mustaqillik deklaratsiyasi O`zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990-yil 20-iyun kuni.
O`zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?
Javob: 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan. 1-sentyabr - mustaqillik kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi.
O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlarini sanab bering.
Javob: Davlat bayrog`i, Davlat gerbi, Davlat madhiyasi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi Qonun qachon qabul qilingan?
Javob: 1991-yil 18-noyabr kuni.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ida tasvirlangan 12 ta yulduz nimani anglatadi?
Javob: Mukammallik ramzi sanalmish 12 yulduz tasviri tarixiy an`analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o`n ikki yulduzga bo`lgan e`tiborimiz O`zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog`imizdagi 12 yulduz tasvirini o`zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o`z tuprog`ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to`g`risidagi Qonuni qachon qabul qilingan?
Javob: 1992-yil 2-iyul kuni.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risidagi Qonuni qachon qabul qilingan?
Javob: 1992-yil 10-dekabr kuni.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
Javob: 1992-yil 8-dekabr kuni.
O`zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qachon ma`qullandi?
Javob: Yangi tahrirdagi 6 bo`lim, 27 bob, 155 moddadan iborat bo`lgan Konstitutsiyamiz 2023-yil 30-aprel kuni o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.
|
| |