Buyuk jasorat ko`rsatgan ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?
Javob: Shiroq, To`maris, Spitamen, J.Manguberdi.
2022-yilda Usmon Nosir tavalludining necha yilligi nishonlandi?
javob: 110-yilligi
2023-yilda Alisher Navoiy hamda Z.M.Boburning necha yilligi nishonlandi?
Javob: Alisher Navoiyning 582-yilligi, Z.M.Boburning 540-yilligi
MA`NAVIY-MA`RIFIY YO`NALISHDAGI SAVOLLAR
“Ma`naviyat” so`zining ma`nosi nima?
Javob: “Ma`naviyat” arabcha so`z bo`lib, “Ma`nolar yig`indisi” degan ma`noni bildiradi.
“Ma`rifat” so`zining ma`nosi nima?
Javob: Ma`rifat arabcha so`z bo`lib, kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta`lim va tarbiya yig`indisi.
“G`oya” deganda nimani tushunasiz?
Javob: G`oya inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari yetaklayligan fikr.
“Mafkura” deganda nimani tushunasiz?
Javob: Mafkura arabcha so`z bo`lib, fikrlar majmui degan ma`noni bildiradi. Mafkura muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimidir.
“Ma`naviy meros” deganda nimani tushunasiz?
Javob: Ma`naviy meros – ma`naviy taraqqiyot mahsuli, inson aql-zakovati bilan yaratilgan, kelajak avlodni ezgu taraqqiyot sari yetaklash xus-yatiga ega bo`lgan, kishilarning ongi va dunyoqarashining o`sishi, olamni bilish va o`zlashtirish borasidagi sa`y-harakatlariga kuch-quvvat beradigan ajdodlardan avlodlarga o`tib kelayotgan azaliy qadriyatlar majmuini ifodalaydigan tushuncha.
“Rennesans” so`zining ma`nosi nima?
Javob: Fransuzcha so`zdan olingan bo`lib, “Uyg`onish”, “Yangilanish” degan ma`nolarni bildiradi.
“Jadid” so`zining ma`nosi nima?
Javob: Arabcha so`zdan olingan bo`lib, “Yangi” degan ma`noni bildiradi.
ME`MORIY OBIDALARIMIZGA OID SAVOLLAR
Viloyatimizdagi muqaddas qadamjolardan qaysilarini bilasiz?
Javob: Mug` qal`asi, Munchoqli tepa yodgorligi, Axsikent muzeyi, Ibrat muzeyi, Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohi, Bibi Naima ziyoratgohi.
“Registon maydoni” yurtimizning qaysi shahrida joylashgan?
Javob: Samarqand shahrida
|