• 253-modda. Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
  • -modda. Transportda tashishni amalga oshirishda




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet183/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    252-modda. Transportda tashishni amalga oshirishda 
    soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    (1-q.)
    Yoʻlovchilarni, bagajni, yuklarni yoki pochtani temir yoʻl, avtomobil, havo yoki daryo 
    transportida tashishlar amalga oshirilganda soliq bazasi soliqni qoʻshmagan holdagi tashish 
    qiymati sifatida aniqlanadi. 
    (2-q.)
    Imtiyozli tariflar boʻyicha yoʻl hujjatlari realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu 
    imtiyozli tariflardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
    (3-q.)
    Safar boshlanguniga qadar xaridorlarga ishlatilmagan yoʻl hujjatlari uchun pullar 
    qaytarilgan taqdirda, qaytarilishi lozim boʻlgan summaga soliqning barcha summasi kiritiladi. 
    (4-q.)
    Safar tugatilganligi sababli yoʻl davomida yoʻlovchilarga yoʻl hujjatlari qaytarilgan 
    taqdirda, qaytarilishi lozim boʻlgan summaga yoʻlovchilar yurishi kerak boʻlgan qolgan masofaga 
    tegishli miqdordagi soliq summasi kiritiladi. Bunday holda soliq bazasini aniqlashda 
    yoʻlovchilarga haqiqatda qaytarilgan summalar hisobga olinmaydi. 


    253-modda. Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar 
    (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasini 
    aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    (1-q.)
    Muddatli bitim deganda shartnomada belgilangan muddat tugagach bevosita ushbu 
    shartnomada koʻrsatilgan narx boʻyicha tovarlar yetkazib berilishini (xizmatlar koʻrsatilishini) 
    taqozo etadigan bitim tushuniladi. 
    (2-q.)
    Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasi 
    ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bevosita shartnomada koʻrsatilgan, lekin realizatsiya qilingan 
    sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past boʻlmagan qiymati 
    sifatida aniqlanadi. 
    (3-q.)
    Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan hosila moliyaviy vositalar realizatsiya 
    qilinganda soliq bazasi asos aktivning bevosita shartnomada koʻrsatilgan, lekin realizatsiya 
    qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past boʻlmagan 
    qiymati sifatida aniqlanadi.
    (4-q.)
    Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan va asos aktiv yetkazib berilishini nazarda 
    tutuvchi hosila moliyaviy vositalarning asos aktivi realizatsiya qilinganda, soliq bazasi, agar ushbu 
    moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, asos aktivni realizatsiya 
    qilish amalga oshirilishi kerak boʻlgan hamda ushbu hosila moliyaviy vositani birja tasdiqlagan 
    tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida aniqlanadi. 
    (5-q.)
    Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan va asos aktiv yetkazib berilishini nazarda 
    tutuvchi opsion kontraktlarning asos aktivi realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu asos 
    aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak boʻlgan va hosila moliyaviy vositani birja 
    tasdiqlagan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida, lekin realizatsiya qilish 
    sanasidagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilganidan past boʻlmagan 
    qiymatda aniqlanadi. 
    (6-q.)
    Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida opsion kontrakt (opsion) deganda bir taraf (opsion 
    xaridori) boshqa tarafdan (opsionni sotuvchidan) oldindan belgilangan narx boʻyicha asos 
    aktivning muayyan sonini sotib olish ("koll" opsioni) yoki sotish ("put" opsioni) huquqini oladigan 
    bitim tushuniladi. 
    (7-q.)
    Ushbu moddaning ikkinchi - beshinchi qismlarini qoʻllash maqsadida tovarning, 
    xizmatning yoki asos aktivning narxi aksizlar hisobga olingan (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) 
    va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi. 
    (8-q.)
    Tovarlarning, xizmatlarning yoki asos aktivning bozor qiymati - ushbu Kodeksning 
    VI boʻlimiga muvofiq, ularni realizatsiya qilish sanasi esa ushbu Kodeksning 242-moddasiga 
    muvofiq aniqlanadi. 
    (9-q.)
    Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida uyushgan bozorda muomalada boʻlgan hosila 
    moliyaviy vositaning tasniflanishi deganda hosila moliyaviy vositaning shartlarini belgilovchi 
    birja hujjati tushuniladi. 



    Download 2,93 Mb.
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Transportda tashishni amalga oshirishda

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish