|
-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikBog'liq soliq kodeksi 20232-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda nomi)
(1-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va qabul qilinishi ushbu Kodeksda
toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iborat.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston
Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi qism)
3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni yoki ularning
qismlarini ushbu Kodeksning qoidalariga
muvofiq emas deb topish
(1-q.)
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi, agar mazkur hujjatga nisbatan quyidagi
shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb
topiladi:
1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega boʻlmagan organ
tomonidan qabul qilingan boʻlsa yoxud normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan
tartibi buzilgan holda qabul qilingan boʻlsa;
2) soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini bekor
qilsa yoki cheklasa;
3) soliq munosabatlari subyektlari harakatlarining ushbu Kodeksda belgilangan asoslarini,
shartlarini, ketma-ketligini yoki tartibini oʻzgartirsa;
4) ushbu Kodeksda taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yoʻl qoʻysa;
5) ushbu Kodeksning normalariga yoki qoidalarining mazmuniga boshqacha tarzda zid
boʻlsa.
(2-q.)
Ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ
yoki uning yuqori turuvchi organlari bu hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur oʻzgartishlar
kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni
bekor qilishni yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, u sud tomonidan haqiqiy
emas deb topilishi mumkin.
(3-q.)
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi ular qabul qilingan sanadan eʼtiboran ushbu
Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.
|
| |