(3-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidentiga nisbatan, agar soliq
rezidenti ushbu xalqaro
shartnoma qoidalaridan mazkur xalqaro shartnoma tuzilgan davlatning soliq rezidenti boʻlmagan
boshqa shaxs manfaatlarini koʻzlab foydalansa, tatbiq etilmaydi.
(4-q.)
Ushbu moddaning beshinchi - oʻn ikkinchi qismlari qoidalari Oʻzbekiston
Respublikasi xalqaro shartnomasiga muvofiq toʻlov manbaidan daromad olish uchun haqiqiy
huquqqa ega boʻlgan shaxsni aniqlash uchun qoʻllaniladi.
(5-q.)
Yuridik shaxs tomonidan toʻlanadigan daromadlardan mustaqil ravishda foydalanish
va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan shaxs yoxud uning manfaatlarini koʻzlab
bunday daromadlarni tasarruf etishga vakolatli boʻlgan oʻzga shaxs ushbu daromadlarga nisbatan
haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs deb topiladi. Bunda bu huquq ushbu
yuridik shaxsda bevosita
va (yoki) bilvosita ishtirok etish yoki uning ustidan nazorat boʻlganligi yoxud boshqa holatlar
tufayli yuzaga kelganligi ahamiyatga ega emas.
(6-q.)
Yuridik shaxs tashkil etmagan tuzilmaning daromadlariga nisbatan haqiqiy huquqqa
ega boʻlgan shaxs xuddi shunday tartibda aniqlanadi.
(7-q.)
Daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxsni aniqlashda ushbu
moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan bajariladigan vazifalar, shuningdek
ular qabul qiladigan tavakkalchiliklar inobatga olinadi.
(8-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan
daromadlarni tasarruf
etishga nisbatan chet ellik shaxs cheklangan vakolatlarga ega boʻlsa, hech qanday boshqa
vazifalarni bajarmasa va hech qanday tavakkalchilikni oʻz zimmasiga olmasa,
bunday
daromadlarni bevosita yoki bilvosita boshqa shaxsga toʻlagan (toʻliq yoki qisman) holda, ushbu
boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab mazkur daromadlarga nisbatan vositachilik vazifalarini
amalga oshirsa, bu chet ellik shaxs Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan
daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega deb eʼtirof etilmaydi.
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlarni bunday daromadlarga
nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan chet ellik shaxsga toʻlash chogʻida, agar toʻlov manbaiga
bunday daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega shaxs maʼlum boʻlsa,
toʻlanayotgan daromadga soliq solish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) agar toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy
huquqqa ega
boʻlgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlsa, toʻlanayotgan daromadga
(uning bir qismiga) soliq solishi, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlariga nisbatan ushbu
Kodeks qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir
qismiga) taalluqli soliq, agar toʻlov manbai oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organini xabardor
qilgan boʻlsa, toʻlov manbai tomonidan ushlab qolinmaydi. Bunday xabardor qilish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi;
(OʻzR 29.12.2021-y.
OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band)
2) agar toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega
boʻlgan shaxs soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro
shartnoma mavjud boʻlgan davlatning (hududning) soliq rezidenti boʻlsa, toʻlanayotgan
daromadlarga (ularning bir qismiga) soliq solishga nisbatan mazkur xalqaro shartnoma qoidalari
qoʻllaniladi.
(10-q.)
Koʻrsatilgan qoidalar, basharti daromadlar toʻlanadigan va bu daromadlarga nisbatan
haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan shaxsning doimiy turgan joyi soliq solish masalalari boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnomaga ega boʻlgan davlat (hudud) boʻlsa,
qoʻllaniladi.
(11-q.)
Agar daromadlar toʻlanadigan va bu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega
boʻlmagan shaxsning doimiy turgan joyi soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston
Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnomaga ega boʻlmagan davlat (hudud) boʻlsa, soliq
toʻlov manbaida mazkur Kodeks bilan belgilangan soliq stavkalari boʻyicha ushlab qolinadi. Agar
bunday daromadlar ushbu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan va bu
daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs qaysi davlat
(hudud) rezidenti ekanligi oʻziga maʼlum boʻlmagan shaxsga toʻlansa, toʻlov manbaidagi soliq
ham soliq stavkalari boʻyicha ushlab qolinadi.
(12-q.)
Xalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan
belgilangan vakolatli
organ Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq chet davlatning
vakolatli organidan chet davlat soliq toʻlovchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida
bajarilmagan soliq majburiyatlarini bajarishiga koʻmaklashish toʻgʻrisida soʻrashga haqli.