vaqtning yillar, choraklar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan oʻtish davri bilan aniqlanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Kalendar sanadan yoki roʻy berishi kerak boʻlgan voqeadan keyingi kun soliq
toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatni hisoblash boshlanadigan kun deb hisoblanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Yillar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi yilining
tegishli oyi va kunida
tugaydi. Bunda ketma-ket keladigan oʻn ikki oydan iborat har qanday vaqt davri yil deb eʼtirof
etiladi, bundan kalendar yil mustasno.
(4-q.)
Choraklar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli kunida
tugaydi. Bunda chorak uch kalendar oyga teng deb hisoblanadi, choraklar hisobi esa kalendar yil
boshidan yuritiladi.
(5-q.)
Oylar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi
oyining tegishli sanasida
tugaydi.
(6-q.)
Agar muddatning tamom boʻlishi tegishli sana mavjud boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa,
muddat mazkur oyning oxirgi kunida tugaydi.
(7-q.)
Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat
kalendar kunlar bilan
belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va
(yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb eʼtirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(8-q.)
Agar muddatning oxirgi kuni qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni
boʻlmagan kun deb eʼtirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni
boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(9-q.)
Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan harakat muddatning oxirgi kuni soat 24
ga qadar bajarilishi mumkin.
(10-q.)
Agar hujjatlar yoxud pul mablagʻlari aloqa tashkilotiga muddatning
oxirgi kuni soat
24 ga qadar topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilmagan deb hisoblanadi.