• 169-modda. Soliq monitoringi toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    19-BOB. SOLIQ MONITORINGI 
    169-modda. Soliq monitoringi toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
    170-modda. Axborotga doir hamkorlik reglamenti 
    171-modda. Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 
    172-modda. Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish 
    173-modda. Soliq monitoringini oʻtkazish tartibi 
    174-modda. Soliq organining asoslantirilgan fikri 
    175-modda. Oʻzaro kelishuv tartib-taomili 
    169-modda. Soliq monitoringi toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
    (1-q.)
    Quyidagilar soliq monitoringining predmetidir: soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya 
    etish, oʻziga nisbatan soliq monitoringi oʻtkazilayotgan yuridik shaxs tomonidan soliqlar va 
    yigʻimlarni hisoblashning toʻgʻriligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazib berilganligi). 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (2-q.)
    Soliq monitoringi ushbu Kodeksga muvofiq yuridik shaxs qaysi soliqlar va 
    yigʻimlarga nisbatan soliq toʻlovchi yoki soliq agenti boʻlsa, barcha shunday soliqlar va 
    yigʻimlarni qamrab oladi. 


    (3-q.)
    Soliq toʻlovchilar uchun soliq monitoringi ixtiyoriydir. 
    (4-q.)
    Soliq monitoringi soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror asosida soliq organi 
    tomonidan amalga oshiriladi. 
    (5-q.)
    Yuridik shaxs, agar uning oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot 
    maʼlumotlariga koʻra kamida besh milliard soʻmni tashkil etgan boʻlsa, soliq monitoringini 
    oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan soliq organiga murojaat qilishga haqli. 
    (OʻzR 14.09.2021-y. 
    OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (6-q.)
    Yuridik shaxs soliq organiga soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim 
    etgan yildan keyingi kalendar yil soliq monitoringi oʻtkaziladigan davrdir.
    (7-q.)
    Soliq monitoringini oʻtkazish soliq monitoringi oʻtkaziladigan yilning 1-yanvaridan 
    boshlanadi va soliq monitoringi oʻtkazilgan davrdan keyingi yilning 1-iyulida tugallanadi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish