iyunidan kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida
yozma shaklda xabardor qiladi.
173-modda. Soliq monitoringini oʻtkazish tartibi
(1-q.)
Soliq monitoringi soliq organining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan oʻz
xizmat majburiyatlariga muvofiq soliq organi joylashgan yer boʻyicha oʻtkaziladi.
(2-q.)
Agar soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar
oʻrtasida ziddiyatlar yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hamda soliq organida mavjud
boʻlgan maʼlumotlar oʻrtasida nomuvofiqliklar aniqlansa, soliq organi bu haqda zarur
tushuntirishlar berish yoki tegishli tuzatishlar kiritish talabi bilan yuridik shaxsga xabar qiladi.
Bunday tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan talabnoma olingan kundan eʼtiboran
besh kun
ichida taqdim etiladi, tuzatishlar esa oʻn kun davomida kiritiladi.
(3-q.)
Agar taqdim etilgan tushuntirishlar koʻrib chiqilganidan keyin yoki ular mavjud
boʻlmagan taqdirda soliq organi soliqlar yoki yigʻimlar notoʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab
qolinganligi), toʻliq yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganligi (oʻtkazilmaganligi) toʻgʻrisida dalolat
beruvchi
faktni aniqlasa, soliq organi ushbu Kodeksning 174-moddasida nazarda tutilgan tartibda
asoslantirilgan fikrini tuzishi shart.
(4-q.)
Soliq monitoringi oʻtkazilayotganda soliq organi soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab
chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) bilan
bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni (axborotni), tushuntirishlarni yuridik shaxsdan talab qilib olishga
haqlidir.
(5-q.)
Talab qilinadigan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar soliq organiga shaxsan yoki
vakil
orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi, telekommunikatsiya
aloqa
kanallari orqali, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda topshirilishi
yoki axborotga doir hamkorlik reglamentida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.
(6-q.)
Hujjatlarni qogʻoz shaklida taqdim etish yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan
koʻchirma nusxalar shaklida amalga oshiriladi. Agar qonunchilikda
boshqacha qoida nazarda
tutilmagan boʻlsa, soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan hujjatlarning koʻchirma
nusxalarini notarial tarzda tasdiqlashni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(7-q.)
Soliq organining talabiga koʻra telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron
shaklda hujjatlar taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani yuborish va hujjatlarni taqdim etish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(OʻzR 11.03.2022-y.
OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(8-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazishda ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq talab
qilingan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan tegishli talabnoma olingan
kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etiladi.
(9-q.)
Agar talabnomani belgilangan muddatda ijro etish imkoni boʻlmasa,
yuridik shaxs
talabnoma olingan kundan keyingi kun davomida soliq organining soliq monitoringini oʻtkazuvchi
mansabdor shaxslarini uni ijro etish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida sabablarini hamda u talab
etilayotgan hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni qaysi muddatlar ichida taqdim etishi
mumkin boʻlsa, oʻsha muddatlarni koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Soliq
organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) mazkur bildirishnoma asosida u olingan kundan eʼtiboran
ikki kun ichida hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirishga
yoki muddatlarni uzaytirishni rad etishga haqli boʻlib, bu haqda alohida qaror chiqariladi.
(10-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish davomida soliq organi yuridik shaxs tomonidan ilgari
soliq organiga tasdiqlangan koʻchirma nusxalar koʻrinishida taqdim etilgan hujjatlarni talab
qilishga haqli emas.