• 176-modda. Transfert narxni belgilash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
  • -BOB. TRANSFERT NARXNI BELGILASHDA




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet127/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    20-BOB. TRANSFERT NARXNI BELGILASHDA 
    NARXLAR VA SOLIQ SOLISH TOʻGʻRISIDAGI 
    UMUMIY QOIDALAR 
    176-modda. Transfert narxni belgilash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
    177-modda. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq bazasiga 
    mustaqil ravishda tuzatish kiritish 
    178-modda. Bozor narxlari toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
    179-modda. Narxlarni tartibga solishda bozor narxi deb 
    topishning oʻziga xos xususiyatlari 
    176-modda. Transfert narxni belgilash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
    (1-q.)
    Oʻzaro aloqador taraflar oʻrtasidagi bitimlarda shakllanadigan va (yoki) mustaqil 
    shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzilayotganda taqqoslanadigan iqtisodiy sharoitlarda qoʻllanilishi 
    mumkin boʻlgan xolis tarzda shakllanadigan narxdan farq qiladigan narx ushbu Kodeks maqsadida 
    transfert narx deb tushuniladi. 
    (2-q.)
    Oʻzaro aloqador taraflar faoliyatining mustaqil shaxslar tomonidan taqqoslanadigan 
    iqtisodiy sharoitlarda olinishi mumkin boʻlgan sharoitlar va natijalardan farq qiladigan tijoratga 
    oid va (yoki) moliyaviy sharoitlar va (yoki) natijalar ushbu Kodeksning maqsadida transfert narxni 
    belgilash deb tushuniladi. 
    (3-q.)
    Bitimning taraflaridan biri tomonidan olinishi mumkin boʻlgan, lekin transfert narxni 
    belgilash natijasida taraf olmagan har qanday daromadlar soliq solish maqsadida ushbu boʻlimda 
    belgilangan hollarda va tartibda bitimning shu tarafida hisobga olinadi. 
    (4-q.)
    Ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda tashqi savdo faoliyati 
    ishtirokchilarining daromadlari soliq solish maqsadida bitim narxining bitim predmeti boʻlgan 
    tovarlarga (xizmatlarga) doir bozor narxidan farq qilishiga sabab boʻlgan toʻliq olinmagan 
    daromadlar summasiga koʻpaytirilishi mumkin. Bunda shunday bitimlar ishtirokchilari oʻzaro 


    aloqador yoki mustaqil shaxslar ekanligi eʼtiborga olinmaydi. Xuddi shunday qoidalar ushbu 
    boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasining soliq 
    rezidentlari boʻlgan bitimlarda qoʻllanilishi mumkin. 
    (5-q.)
    Soliq solish maqsadida daromadlarni hisobga olish budjet tizimiga toʻlanishi lozim 
    boʻlgan soliq summasining kamayishiga yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq 
    aniqlanadigan zarar summasining koʻpayishiga olib kelmagan taqdirda, bunday hisobga olish 
    ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    (6-q.)
    Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan daromadlarni 
    aniqlash ushbu boʻlimda belgilangan usullarni qoʻllagan holda transfert narxni belgilash chogʻida 
    soliq nazorati doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga 
    oshiriladi. Mazkur qoida soliq toʻlovchining bitimning haqiqiy narxi oʻrniga soliq summasini 
    hisoblab chiqarish chogʻida bitimning bozor narxini soliq solish maqsadida mustaqil ravishda 
    qoʻllash huquqini, agar bu narx haqiqiy narxdan farq qilsa va ushbu moddaning beshinchi qismida 
    boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, cheklamaydi. 
    (7-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi transfert narxni belgilashda soliq 
    nazorati doirasida, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda quyidagi soliqlarning toʻliq hisoblab 
    chiqarilishi va toʻlanishini tekshiradi: 
    1) foyda soligʻini; 
    2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini; 
    3) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni
    4) qoʻshilgan qiymat soligʻini; 
    5) aksiz soligʻini. 
    (8-q.)
    Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqqa oid qismi boʻyicha transfert narxni 
    belgilash chogʻidagi soliq nazorati, agar bitimning taraflaridan biri mazkur soliqni soliq toʻlovchisi 
    boʻlsa hamda qazib olinishi chogʻida soliq solish advalor soliq stavkasi boʻyicha amalga 
    oshiriladigan foydali qazilma bitimning predmeti boʻlsa, amalga oshiriladi. 
    (9-q.)
    Qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻiga oid qismi boʻyicha transfert narxni 
    belgilash chogʻidagi soliq nazorati, agar bitimning taraflaridan biri tegishli soliq toʻlovchisi 
    boʻlmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, amalga oshiriladi. 
    (10-q.)
    Transfert narxni belgilash chogʻidagi soliq nazorati maxsus iqtisodiy zonalar 
    ishtirokchilarining bunday ishtirokchi boʻlmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlariga nisbatan ham 
    amalga oshirilishi mumkin. 
    (11-q.)
    Transfert narxni belgilashda soliq nazorati natijasida ushbu moddaning yettinchi - 
    oʻninchi qismlarida koʻrsatilgan soliq summalari kamaytirilganligi yoki zararning summasi 
    koʻpaytirilganligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tegishli 
    soliq bazasiga va (yoki) soliq summasiga tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish