• 376-modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet275/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    375-modda. Mulkiy daromadlar 
    Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
    1) foizlar; 
    2) dividendlar; 
    3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; 
    4) soliq toʻlovchiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan 
    olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni 
    realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi 
    sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-
    mulkni realizatsiya qilish qiymati, koʻchmas mulk boʻyicha esa - kadastr qiymati hamda 
    realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi; 
    5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutugʻiga oid patent (litsenziya) egasi boʻlgan soliq 
    toʻlovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi 
    tuzganda olgan daromadi
    6) royalti; 
    7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk boʻyicha ishonchli boshqaruvchidan olingan 
    daromad; 
    8) ushbu Kodeksning 324-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan REPO 
    operatsiyalari boʻyicha daromad; 
    9) ushbu Kodeksning 327-329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan
    qimmatli qogʻozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar 
    boʻyicha daromad; 
    10) ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan 
    chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi; 
    11) ushbu Kodeksning 319-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasiga 
    (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar
    12) ushbu moddaning 1-11-bandlarida koʻrsatilmagan mulkiy xususiyatga ega boshqa 
    daromadlar. 
    376-modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar 


    (1-q.)
    Soliq toʻlovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks 
    369-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilardan 
    iborat: 
    1) soliq agenti tomonidan soliq toʻlovchi manfaatlarini koʻzlab, tovarlar (xizmatlar), mulkiy 
    huquqlar haqini toʻlash, shu jumladan: 
    soliq toʻlovchining bolalarini maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻqitish, tarbiyalash haqini 
    toʻlash; 
    (OʻzR 03.12.2020-y. OʻRQ-653-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga 
    qarang) 
    soliq toʻlovchilarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish 
    xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash; 
    sanatoriy-kurortlarda davolanish yoʻllanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulator 
    davolanish haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash; 
    soliq agentining soliq toʻlovchi daromadi boʻlgan boshqa xarajatlarini toʻlash; 
    2) soliq toʻlovchining manfaatlarini koʻzlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi boʻyicha 
    berilgan mol-mulkning va koʻrsatilgan xizmatlarning qiymati; 
    3) tovarlarni (xizmatlarni) soliq toʻlovchilarga realizatsiya qilish narxi hamda shu 
    tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab 
    chiqarilgan qiymati oʻrtasidagi salbiy farq; 
    4) qonunchilikka muvofiq xodimlarga temir yoʻl, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va 
    shahar elektr transportida yurish boʻyicha beriladigan imtiyozlar summasi; 
    (OʻzR 21.04.2021-y. 
    OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
    5) jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan 
    chiqarilgan summalari
    6) soliq agenti tomonidan toʻlovlar hisobiga toʻlanib, soliq toʻlovchidan ushlab qolinishi 
    lozim boʻlgan, lekin ushlab qolinmagan summalar. 
    (2-q.)
    Soliq toʻlovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu 
    tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan 
    holda aniqlanadi. 
    (3-q.)
    Soliq toʻlovchi tomonidan soliq agentidan aksiz toʻlanadigan tovarlar yoki qoʻshilgan 
    qiymat soligʻi solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tovarlarning 
    (xizmatlarning) qiymatida aksiz soligʻining va qoʻshilgan qiymat soligʻining tegishli summasi 
    hisobga olinadi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish