• 380-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarning jami daromadini kamaytirish
  • -modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet278/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    379-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish 
    Quyidagilarning daromadlariga soliq solinmaydi: 
    1) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik 
    muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar 
    ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa - Oʻzbekiston Respublikasidagi 


    manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan 
    daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha; 
    2) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik 
    xodimlari hamda ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston 
    Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - 
    Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan 
    bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha; 
    3) chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat 
    koʻrsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi 
    boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa - oʻz xizmati yuzasidan oladigan 
    barcha daromadlari boʻyicha; 
    4) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining 
    uylarida ishlovchilar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston 
    Respublikasida doimiy yashamasa - oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha; 
    5) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari - agar ular Oʻzbekiston 
    Respublikasining fuqarosi boʻlmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari boʻyicha. 
    380-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarning 
    jami daromadini kamaytirish 
    (1-q.)
    Quyidagi soliq toʻlovchilar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan 
    boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,41 baravari 
    miqdoridagi daromadlar, ushbu qismning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar uchun esa mehnatga haq 
    toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha) ozod etiladi: 
    (OʻzR 
    05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
    1) "Oʻzbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga 
    sazovor boʻlgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Bu imtiyoz 
    tegishincha "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi 
    Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha 
    boʻlimning maʼlumotnomasi asosida beriladi
    2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, 
    ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli 
    guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning 
    maʼlumotnomasi asosida, nogironligi boʻlgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi 
    boʻlgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi 
    asosida beriladi; 
    (OʻzR 17.05.2022-y. OʻRQ-770-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga 
    qarang) 
    3) bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan 
    shaxslar. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining 
    maʼlumotnomasi asosida beriladi; 
    (OʻzR 17.05.2022-y. OʻRQ-770-son Qonuni tahriridagi band) 
    4) sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish 
    yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy 
    gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya 
    yoki mayib boʻlganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan 
    harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 
    xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). Bu imtiyoz "Halok boʻlgan askarning 
    beva xotini (beva eri, onasi, otasi)" yoki "Ichki ishlar organlari halok boʻlgan xodimining beva 
    xotini (beva eri, onasi, otasi)", "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi halok boʻlgan 
    xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)" shtampi qoʻyilgan yoxud pensiya guvohnomasini 
    bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli 
    pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner boʻlmasa, imtiyoz ularga 


    sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, 
    shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar 
    vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
    Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli 
    organlari va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar tomonidan berilgan harbiy 
    xizmatchining yoki ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 
    xodimining halok boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni, 
    Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning 
    yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning 
    boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli 
    halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yoki ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi 
    Milliy gvardiyasi xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan 
    oʻtmagan taqdirda beriladi; 
    (OʻzR 29.10.2021-y. OʻRQ-726-son Qonuni tahriridagi band) 
    (Oldingi tahririga qarang) 
    5) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor yolgʻiz onalar. Bu imtiyoz har 
    bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan 
    maʼlumotnoma asosida beriladi; 
    6) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor hamda boquvchisini 
    yoʻqotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar. Bu imtiyoz erning (xotinning) 
    vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, yangi 
    nikohdan oʻtmaganlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan 
    tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining boquvchisini yoʻqotganlik uchun 
    pensiya olinmasligi haqidagi maʼlumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi
    7) bolaligidan nogironligi boʻlgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan 
    birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sogʻliqni 
    saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnomasi asosida 
    beriladi. 
    (2-q.)
    Ushbu moddada nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan 
    taqdirda qoʻllaniladi. 
    (3-q.)
    Soliq imtiyoziga boʻlgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq 
    imtiyozi unga boʻlgan huquqlar vujudga kelgan paytdan eʼtiboran qoʻllaniladi. 
    (4-q.)
    Agar soliq toʻlovchi ushbu moddada nazarda tutilgan bir nechta asos boʻyicha soliq 
    imtiyoziga doir huquqqa ega boʻlsa, unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi. 
    (5-q.)
    Soliq imtiyozini qoʻllash soliq toʻlovchining asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyi boʻyicha, 
    asosiy ish joyi mavjud boʻlmagan taqdirda esa - yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami 
    yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chogʻida amalga 
    oshiriladi. Soliq imtiyoziga boʻlgan huquq yoʻqotilgan taqdirda, soliq toʻlovchi imtiyozga boʻlgan 
    huquqni yoʻqotgan paytidan eʼtiboran oʻn besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab 
    qoladigan yuridik shaxsga maʼlum qilishi kerak. 
    (6-q.)
    Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining 
    foizlar va dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga 
    topshirishdan olingan daromadlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy 
    ish joyi boʻyicha hisoblansa, soliq imtiyozini qoʻllash asosiy ish joyi boʻyicha amalga oshiriladi. 
    Agar foizlar va dividendlar asosiy boʻlmagan ish joyi boʻyicha hisoblansa, soliq imtiyozi jami 
    yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
    soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida soliq toʻlovchining yashash joyidagi soliq organlari 


    tomonidan qoʻllaniladi. Shunga oʻxshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan olingan 
    daromadlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish