• 373-modda. Kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya)
  • -modda. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet273/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    372-modda. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar 
    Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
    1) yillik ish yakunlari boʻyicha pul mukofoti;
    2) yuridik shaxsning mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish 
    xususiyatiga ega toʻlovlar; 
    3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar; 
    4) taʼtilga qoʻshimcha haqlar hamda ushbu Kodeks 377-moddasining 10-bandida 
    koʻrsatilmagan moddiy yordam;
    5) koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar; 
    6) ratsionalizatorlik taklifi uchun toʻlov; 
    7) mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar. 
    373-modda. Kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya) 
    Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadga kiritiladigan kompensatsiya toʻlovlari 
    (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi: 
    1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylardagi ishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha 
    toʻlovlar (ish staji uchun ustamalar, baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun 
    belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar). Bunda yuridik shaxslar xodimlarining choʻl va 
    suvsiz joylarda, baland togʻli va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun ish 
    haqiga koeffitsiyentlar hisoblashning eng yuqori summasini aniqlash hisoblash sanasida 
    belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida belgilanadi; 
    2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar 
    roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, oʻta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu 
    jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar; 
    3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam 
    olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda 
    maoshlarga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar; 
    4) koʻp smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, 
    xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, oʻzining asosiy ishi 
    bilan bir qatorda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun 
    ustamalar;
    5) doimiy ishi yoʻlda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega boʻlgan 
    xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarning vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan 
    xodimlarning ish haqiga qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha toʻlanadigan ustamalar; 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
    6) ish beruvchi joylashgan yerdan (yigʻilish punktidan) ishlash joyigacha borish va u yerdan 
    qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan holda 


    yoʻlga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport 
    tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi yoki maosh 
    miqdorida toʻlanadigan summalar; 
    7) yer osti ishlarida doimiy band boʻlgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish 
    va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining meʼyoriy vaqti uchun toʻlanadigan 
    qoʻshimcha haqlar; 
    8) qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha dala taʼminoti; 
    (OʻzR 21.04.2021-y. 
    OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
    9) xizmat safarlari vaqtida qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha kundalik 
    xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar); 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
    band) 
    10) ishlar vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga 
    olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining 
    belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari 
    (otgullar) uchun toʻlovlar; 
    11) xizmat safarlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun 
    uning boshqa mol-mulkidan qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik 
    uchun toʻlovlar; 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
    12) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan 
    bogʻliq zararning oʻrnini qoplash uchun ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-
    bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar; 
    13) oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining 
    qiymatini qoplash.

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish