• Qurama va Qoramozor
  • Choch
  • O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    Farg‘ona.
    Farg‘ona hukmdorlari “ixshid” deb atalgan. 
    Far g‘ona yerlari juda hosildor bo‘lib, aholisi dehqonchilik bilan 
    kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xush-
    kat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunar-
    mand chilikning turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari 
    ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan. Qo‘shni 
    mam 
    lakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-dar-
    mon lar chiqarilgan.
    Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda chorva-
    dor lar ham yashaganlar. Qurama va Qoramozor tog‘lari yon -
    ba 
    g‘irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug‘ullanilgan. Bu 
    vodiyda ko‘pay tirilgan tulpor otlarning dong‘i jahonga taral-
    gan.
    Choch va Eloq.
    Chirchiq va Ohangaron vodiylarida 
    ikki 
    ta hokimlik mavjud bo‘lgan. Manbalarda ulardan biri 
    Choch, ikkinchisi Eloq nomlari ostida tilga olinadi. Choch-
    ning markazi Choch shahri bo‘lib, hukmdori “tudun” deb 
    yuri tilardi. eloqning markazi Tunkat, hokimlari esa “dehqon” 
    deb ata lardi. 
    VII asrning dastlabki choragida G‘arbiy turk xoqonligi 
    hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chiradi. Hukmdor 
    va malika uchun bu yerda o‘ziga xos qarorgohlar bino qilingan. 


    21
    Choch o‘lkasi o‘z tanga pullari ti-
    zi 
    miga ega bo‘l 
    gan. Tangalarning old 
    betida hukmdor surati, teskari to mo nida 
    ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, 
    ba’zan su lo laviy ayri tamg‘a tushirilgan. 
    Ayrim tangalarda esa, hatto hukm dorga 
    yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. 
    Bunday tasvir hukmdorning malikasi – 
    xvatun (xotun) vazirlik darajasiga ega 
    bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat 
    beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o‘rinni egallagan.
    Choch va Eloq sertarmoq xo‘jalikka ega bo‘lib, sug‘orma 
    deh 
    qonchilik, chor 
    vachilik, hunarmandchilik, konchi 
    lik va 
    savdo yuksak darajada bo‘lgan. 
    Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi Choch va Eloqqa 
    ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlar aholisining 
    ko‘payishiga imkon bergan.

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish