132
Xiva xonligining
tugatilishi
Muhammad Rahimxon II vafot etgach, podsho hu-
kumati yordamida taxtni uning o‘g‘li Asfandiyor-
xon (1910–1918) egallaydi. Petro-Aleksandrovskda
turgan Rossiya harbiy kuchlari madadiga ishonib, yangi xon islohotlar
o‘tkazdi, ishni zulmni kuchaytirish va muxolafatni to‘liq mahv etishdan
boshladi. 1913-yilda u islohotchilar rahnamolaridan biri, mamlakat bosh
vaziri
Islomxo‘jani davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblab o‘ldirtiradi.
Xon buyrug‘iga ko‘ra yer larni yangidan o‘lchash boshlandi.
Aslida bu
tadbir yangi soliqlarni joriy qi lishdan iborat edi. Dehqonlar esa bunga
Mang‘it va Xo‘jaylida qo‘zg‘olonlar ko‘tarish bilan javob berishdi.
Xonning tayanchi bo‘lgan podsho hukumati uni uzoq qo‘llay olmadi.
Rossiyadagi 1917-yilgi fevral voqealaridan keyin Asfandiyorxon aso-
siy tayanchi – podsho hukumatidan mahrum bo‘lib,
bir necha muddat
yakkalanib qoldi. Yosh xivaliklar qulay vaziyatdan foydalanib qolishga
qaror qilishdi va islohotlar uchun ochiqdan ochiq harakatni boshlab yu-
bordilar. 1917-yil 5-aprelda ular Asfandiyorxondan islohotlar o‘tkazish
to‘g‘risidagi manifestni imzolashni talab qilishdi. Islohotlar xon hoki-
miyati saqlangan, ammo Majlis (deputatlar palatasi) va Nozirlar kenga-
shi (Vazirlar kengashi) bilan cheklangan konstitutsiyaviy monarxiyani
tashkil etishni o‘z ichiga olgandi.
Yosh xivaliklar, shuningdek, davlat
mablag‘lari sarflanishi ustidan nazorat qilish uchun moliya vazirligi, suv
taqsimotini isloh qi lish, xonlik ning butun hududida yangi usul maktabla-
rini tashkil qilish uchun qo‘mita tu zishni, temiryo‘llar va pochta-telegraf
tizimi qurilishini ham talab qilishgandi. Pod-
sho hukumati qo‘shin lari madadidan mahrum
bo‘lgan Asfandiyorxon har qanday yo‘l bilan
hokimiyatni
saqlab qolish va vaqtdan yu-
tish maqsadida islohotlarni amalga oshirish
to‘g‘risidagi manifestga imzo chekdi.
1917-yil 26-apreldagi Majlisning birinchi
sessiyasida 30 nafar
xivalik deputat va turk-
manlardan 7 nafar vakil ishtirok etdi. Majlis
Vazirlar kengashini sayladi. Ammo ikki oy
o‘tmasdan xon
boshchiligidagi konservativ
kuchlar harbiy to‘ntarishni amalga oshirdi
va Majlisni tarqatib yubordi. Yosh xivaliklar
rahnamolari
hibsga olinib, ulardan bir qismi
otib tashlandi.