128
usta xonalarining egalari amaldorlarga sovg‘alar
taqdim etishi, daromad-
lariga mos kelmaydigan soliqlarni to‘lashlari lozim edi.
Natijada hunar-
mandlar o‘z ishlab chiqarishini ko‘paytirishga va yangi texnologiyalarni
joriy qi lishga qodir bo‘lmay qolar edi.
Kasanachilikda
sex birlashmalari o‘rta asrlardagi ko‘rinishda saqlanib
qoldi. Sex birlashmalariga hunarmandlar kasblariga ko‘ra uyushgan edilar.
Unga usta, xalfa va shogird kirar edi. Kredit berib turgan boy sexga rah-
barlik qilar edi. Hunarmandlar ishlab topgan pullarining anchagina qismini
avliyolar va ma’naviy ustozlar shara figa xayr-ehsonga berishar, xazinaga
ko‘pdan ko‘p soliqlar to‘lashardi. Xalfa va shogirdlar ahvoli og‘ir bo‘lib,
ularning ish kuni cheklanmagan edi. Xalfa olgan bo‘nagi (avans) evaziga
ishlab berishga maj bur edi. Olgan avansning hammasini to‘lamaguncha
ustaxonadan keta olmas edi.
Rossiya imperiyasidan arzon narxlardagi sanoat tovarlari kirib kelishi-
ning ko‘payishi mahalliy korxonalarning buyumlariga talabni pasaytirdi.
Mahalliy matolar, iplar, kulolchilik, cho‘yan va misdan yasalgan buyumlar
ba’zi turla rining ishlab chiqarilishi keskin kamayishiga olib keldi.