O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/142
Sana16.02.2024
Hajmi6,21 Mb.
#157847
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

Yodda tuting!
G. Rozenbax boshlang‘ich maktablar, rus-tuzem maktablari 
tarmog‘ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. Shu asosda 
birinchi rus-tuzem maktabi 1884-yilda Toshkentda, Said-
g‘ani Saidazimboy uyida ochildi.
http://eduportal.uz


137
Bu davrda o‘lkadagi mahalliy ziyolilar, jadidchilik 
harakatining namoyandalari tomonidan milliy mada-
niyat, diniy e’tiqod, mahalliy an’analar asosidagi 
yangi maktablar ochilgan edi. Bunday yangi usuldagi jadid maktablarida 
tarix, matematika, geografiya, ona tili kabi fanlar ham o‘qitilgan. Yangi 
usul maktablarining diniy maktab va madrasalardan yana bir farqi shunda 
bo‘lganki, unda nafaqat islom dini va tarixi, balki mahalliy – turkiy xalqlar 
tarixi bo‘yicha ham ta’lim berilgan. Turkistonda dastlab jadid maktablari 
Buxoro, Toshkent, Qo‘qon, Andijon, Xiva kabi shaharlarda ochilgan edi. 
Yangi usul maktablari jadidchilik harakati, uning namoyandalari fao-
liyatlari bilan birga mahalliy aho lining umummilliy 
g‘oyalari, o‘zbek xalqining milliy-ma’naviy birli-
gini mustahkamlashga xizmat qildi. Jadid maktab-
larining ta’lim tizimida o‘quvchilarga vatanga mu-
habbat, milliy davlatchilik, milliy mada niyat, xalq 
birligi oldida mas’uliyatini his qilish, yurt ravnaqi 
uchun mehnat qilishga va kurashishga chor lov chi 
g‘oyalar singdirildi.
Jadidlarning yangi usul maktablaridan zamona-
sining yetuk olimlari, adabiyotshunoslari, rassom-
lari, shoirlari, san’atkorlari, maorif sohasi mutaxas-
sislari yetishib chiqdi. Jumladan, shoir akademik 
G‘afur G‘ulom, shoir va dramaturg Uyg‘un, Oybek 
kabi davlat va madaniyat arbob larini ko‘rsatish mumkin.
Jadidlarning yangi usul maktablaridagi milliy g‘o-
ya larga asoslangan ta’lim berishi o‘lkada hukm-
ron bo‘lgan mustamlakachi hukumat tomonidan 
kuzatuv va nazoratda bo‘lgan. Ma’muriyat jadid-
larning ta’ lim tizimida olib borayotgan faoliyati 
o‘lkada mustamlakachilik siyosatiga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladigan 
harakatlanti ruv chi kuch ekanligini angladi va ularning faoliyatiga ochiq-
dan ochiq qarshilik ko‘rsata boshladi. 
Jadidlar faoliyati qattiq ta’qibga olindi. Har qanday yo‘l bilan bo‘lsa 
ham yangi usul maktablari faoliyatiga zarba berishga harakat qilindi. 
O‘lkada ma’muriyat tomonidan chiqariladigan matbuot sahifalarida yan-
gi usul maktab lari tanqid etilib, ularning faoliyatiga noto‘g‘ri baho be-
rilgan maqolalar e’lon qilindi. Dastlab jadid maktablarida turk va fors 
adabiyotlaridan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. 

Download 6,21 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   142




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish