• 1914-yil boshlarida Abdulla Avloniy Toshkent shahrida
  • 1916-yil Qo‘qon shahrida
  • Jadid teatrining vujudga kelishi Hamza Hakimzoda Niyoziy Abdulla Avloniy
  • qand shahrida Mahmudxo‘ja Behbudiy




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/142
    Sana16.02.2024
    Hajmi6,21 Mb.
    #157847
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   142
    Bog'liq
    ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

    qand shahrida Mahmudxo‘ja Behbudiy rahbarli-
    gida tashkil etildi. Bu truppada namoyish etilgan ilk 
    asar ham uning 
    «Padarkush» pyesasi edi. O‘zbek 
    milliy teatri shakllanishi va rivojlanishida ulug‘ 
    ma’rifatparvar Abdulla Avloniy va jadidlar harakati-
    ning atoqli namoyandasi Hamza Hakimzoda Niyoziy 
    katta xizmat qildilar. 
    1914-yil boshlarida Abdulla 
    Avloniy Toshkent shahrida «Turon» nomidagi teatr 
    truppasini tashkil etdi va u sahnalashtirgan birinchi 
    asar ham 
    «Padarkush» pyesasi bo‘ldi. 1915-yilda 
    teatrning Turkiston shaharlari bo‘ylab gastrollari zo‘r 
    muvaffaqiyat bilan o‘tdi.
    1916-yil Qo‘qon shahrida Hamza rahbarligida 
    havaskorlar teatri tashkil etildi. Unda namoyish etil-
    gan birinchi spektakl Hamzaning «Zaharli hayot yo-
    xud ishq qurbonlari» pyesasi bo‘ldi. Bu pyesa o‘zbek 
    teat ri shakllanishida ham, o‘zbek dramaturgiyasi vu-
    judga kelishida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Te-
    atr chuqur mazmunli, ijtimoiy ahamiyatga molik ho-
    Jadid teatrining
    vujudga kelishi
    Hamza Hakimzoda
    Niyoziy
    Abdulla Avloniy
    http://eduportal.uz


    147
    disaga aylandi. 1916-yildan hozirgi Milliy teatr asoschisi Mannon Uyg‘ur 
    va o‘zbek teatrining birinchi aktrisasi Ma’suma Qoriyeva san’atga ilk qa-
    damini tashladi. Shu tariqa asta-sekin Andijonda, Xivada, Buxoroda ham 
    dastlabki milliy teatrlar tashkil topa boshladi. Buxoro shahridagi teatr ning 
    tashkil etilishida Mannon Uyg‘urning xizmatlari beqiyos edi.
    Teatrlarda katta ijtimoiy va axloqiy muammolarga daxldor mavzular 
    sahnalashtirildi. Ularda adolatsizlik, yovuzlik, zulmni qoralovchi g‘oyalar, 
    tomoshabinlarda e’tiroz va norozilik hissini qo‘zg‘atuvchi spektakllar 
    namo yish etildi. O‘zbek teatri – o‘zbek milliy madaniyatining ajralmas 
    qismiga aylandi. Teatr spektakllari, o‘ziga xos va iste’dodli aktyorlar ijrosi 
    o‘zbek xalqining bitmas-tuganmas ijodiy imkoniyat larini namoyish etdi.
    Xudoybergan Devonov 1878-yilda tug‘ilgan. Bolaligidan bilimga 
    chanqoqligi va ijodiy iste’dodi bilan ajralib turgan. U arab, fors va rus 
    tillarini o‘rgangan. Qiziquvchan o‘smir nemis tilini o‘rgana boshlagan va 
    bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan.
    Gap shundaki, XIX asr oxirida Xorazmning o‘sha paytdagi hukm-
    dori Muhammad Rahimxon II nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga
    o‘lkada yashashiga ruxsat bergan. Ularning eng yoshi ulug‘i Vilgelm Pen-
    ner yoki mahalliy odamlarning tili bilan Panor buvada qiziquvchan Xu-
    doybergan bi rinchi marta fotoapparatni ko‘rgan va undan foydalanishga 
    ruxsat so‘ragan. Keyinchalik Panor buva shogir-
    dining muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘lib, unga 
    fotoapparatni sovg‘a qilgan.
    Shunday qilib, 1903-yilda Xudoybergan 
    Devonov Xivaning minoralari va hamyurtla-
    rini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy 
    ulamolar ning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq 
    fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan 
    Muhammad Rahimxon II o‘z himoyasiga olgan. 
    U nafaqat xon, balki iste’dodli shoir va bastakor 
    sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoybergan-
    ga o‘zining suratini olishni buyurgan, keyin esa 
    uni o‘z devoniga ishga taklif qilgan.
    An’anaviy xalq og‘zaki 
    musiqali asarlari asrlar 
    davomida saqlanib keldi. Xalq musiqa san’atida 
    terma, qo‘shiq, lapar, yalla, ashula keng tarqal-

    Download 6,21 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   142




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish