150
41-§. mE’mORchIlIK VA TASVIRIy SAN’AT
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistondagi yalpi iqtisodiy ta-
nazzul, o‘zaro urushlar, Xiva xonligi va Buxoro amirligining isyonchi
guruhlarga qarshi kurashi, shuningdek, Rossiya imperiyasining harbiy
yurishlari nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki madaniy taraqqiyotga ham
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning oqibatlari kelgusidagi o‘lka taraqqiyotida
og‘ir asoratlar qoldirdi. Bu asorat izlari o‘zbek me’morchiligini ham
chetlab o‘tmadi. Shunday bo‘lsa-da, bu davr milliy me’morchiligida be-
takrorlik va rang-baranglik hamda an’anaviy arxitektura saqlanib qoldi.
XIX asrning oxirlarida Buxoro va Xorazm me’-
morchiligi qadimiy an’analarni saqlagan holda
zamon ruhi bilan boyib bordi. Saroy majmualari,
madrasa, jome masjidlari, kasalxona kabi davlat va jamoat binolari, shu-
ningdek, ulkan minoralar barpo etildi. Ularni bunyod etganlar o‘z davri-
ning yetuk me’morlari bo‘lib, qadimiy Buxoro va Xivaning tarixiy bino-
larini vujudga keltirishdek og‘ir, lekin sharafli ishga bosh-qosh bo‘lgan
ajdodlarning binokor avlodlari edilar.
XIX asr oxiri va XX asr boshla rida nomlari nafaqat Buxoro amirligi,
balki Xiva xonligi, Turkiston va Xurosonda ham mashhur bo‘lgan Oblo-
qul va Ibrohim Hofizovlar, Mo‘minjon
Solihov, Shirin Murodov kabi ko‘plab
ustalar yetishib chiqdi. XX asr bosh-
larida barpo etilgan Sitorai Mohi Xosa
qurilishida yuqorida nomlari zikr etil-
gan me’morlar, ustalar faol qatnashgan
edilar. Majmua ning maxsus Oqsaroy
zaliga pardoz berish ishini Usta Shirin
Murodov boshchiligida bir guruh usta
ganchkorlar amalga oshirdilar.
Xorazm me’morchilik maktabi ning
sarkori Odina Muhammad Murod par-
doz hamda naqshinkor parchinlarni
joylashtirishning barcha sir-sino at larini
mukammal egallagan. Usta kulollar Nur-
muhammad, Abdujabbor, uning o‘g‘ li
So‘ fimuhammad Niyoz va Abdullalar
esa oddiy loydan go‘zal san’at asarla-