yozuvlarni o‘ta mohirlik bilan bino bezagiga uyg‘unlashtirib
yubora olganlar.
O‘zingizni sinang!
Islomxo‘ja minorasi – ...
Andijon jome masjidi – ...
Usta Shirin murodov – …
Xorazm me’morchiligi – ...
Bu davrda o‘lkaga Yevropa uslubidagi me’morchilik
an’analari ham kirib keldi. Qurilish ishlarida mil liy
an’anaviy uslublar bilan birga Yevropa me’mor-
http://eduportal.uz
152
Sitorai Mohi Xosa
chiligiga xos uslublar qo‘llanila boshlandi. Jumladan, xalq me’mor-
chiligida an’anaviy paxsa, guvala va xom g‘isht qo‘llash bilan birga
zamonaviy to‘rtburchak yuzli g‘isht, faner, tunuka, oyna kabi qurilish
ashyolaridan keng foydalanildi.
Yevropa me’morchiligiga xos bo‘lgan ayrim uslublar o‘sha davrda
qurilgan Buxoro amirining yozgi saroyi – Sitorai Mohi Xosa, Xiva xoni
Muhammad Rahimxon II tomonidan qurilgan Nurullaboy nomi bilan ata-
luvchi saroyda (1904–1912) ham ko‘zga tashlanadi.
Sitorai Mohi Xosa Buxoro shahri markazidan 2,5 km janubda joylash-
gan. Saroy Buxoro amiri Olimxonning yozgi qarorgohi bo‘lgan. Bundan
tashqari amir chet el elchilarini va rus vakillarini shu yerda qabul qilgan.
Saroyning bir qismi bo‘lgan Oq zalning qurilishida Yevropacha qurilish
uslubi ustunlik qiladi. Oq zal Buxoro ganch o‘ymakorligi san’atining
eng so‘nggi yutuqlari asosida usta Shirin Murodov rahbarligidagi ustalar
tomonidan ikki yil davomida ishlangan. Xivadagi Nurullaboy saroyida
ham G‘arb me’morchiligi an’analari ustunlik qiladi. Saroy yetti xona-
dan iborat: kutish zali, qabulxona, taxtxona, ziyofatxona va uchta meh-
monxona. Qasr qurilishi munosabati bilan rus podshosi Nikolay II ikkita
maxsus qandil va kamquvvatli nurquvvat uskunasi sovg‘a qilgan. Qabul-
xonadagi baland eshiklar, katta rangdor oynalar, parket pollar va koshin-
kor pechlar Yevropa me’morchiligi bilan uyg‘unlashgan. Tashqi tomoni
silliq g‘ishtlar va feruza rang koshinlar bilan shaxmat taxtasi shaklida
bezatilgan.
Bino qurilishida ham G‘arb, ham Sharq me’morchiligi an’analaridan
foydalanilgan. Turkistonning bosib olingan yirik shaharlari va viloyatla-
http://eduportal.uz
|