156
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1998-yil bir
guruh ziyolilar bilan uchrashuvida Turkistonda Rossiya imperiyasi
o‘tkazgan mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini xolisona yoritish
vazifasini ilgari surib, shunday savolni ko‘ndalang qo‘ygan edi: «... har
tomonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning ma daniyati,
milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag‘asiz ay-
tish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan sharoitda
baribir, qator yo‘qotishlar bilan bo‘lsa ham, millatimiz o‘zligini saqlab
qoldimi yo yo‘qmi?»
a
lbatta, davlatimiz rahbarining bu savoli javobsiz qolmadi. Tarixchi-
lar darsliklarda tarixiy ma’lumotlar asosida Rossiya imperiyasi mustam-
lakachilarining jabr-zulmi sharoitida ham xalqimiz o‘zligini, milliy qad-
riyatlarini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab qolganini
o‘quvchilarga yetkazib bermoqdalar.
Mustamlaka davrida ham mamlakatimiz to‘la-to‘kis dunyo sivili-
zatsiyasidan ajralib qolmadi. Rossiya imperiyasi manfaatlariga xizmat
qilsa-da, turli zavod va fabrikalar, banklar, tijorat tashkilotlari hamda
temiryo‘l kirib keldi.
Darhaqiqat, mustamlakachilik sharoitida ham ota-bobolarimizning
erkinlikka, taraqqiyot va istiqlolga bo‘lgan azaliy intiqlik kayfiyati
so‘nmadi. Xal qimizning yurak-bag‘riga teran o‘rnashgan mustaqillik va
ozodlik tuyg‘usi tobora qudratli kuchga aylana bordi va pirovard natijada
O‘zbekiston istiqloli tantanasi uchun mustahkam zamin hozirladi.