3
Vatan – bu biz tug‘ilib o‘sgan zamin, kindik qoni-
miz to‘kilgan tuproq,
bobolarimiz izlari qolgan,
ajdodlarimiz merosi
avlodlarimizga qoladigan
yurtdir.
Dunyoda Vatanga muhabbatdan qudratliroq biron-bir tuyg‘u va unin g
sog‘inchidan kuchliroq his yo‘q. Vatan millatni
yuksaltirguv chi milliy
g‘ururdek jozibador sehrli bir tuyg‘uni uyg‘otadi. Xalq qanchalik or-no-
musli, g‘ururli bo‘lsa, undagi Vatan hissi va milliy ong ham shunchalik
yuqori bo‘ladi. Ona yurt – bir umrlik makon, diyor tabiati, el urf-odatlari,
an’analari, ertak va afsonalaridir. Vatan hamisha navqiron va suyuklidir.
Vatan millatning ma’naviy-madaniy zaminini
yaratib beradi va har bir
avlod bobolarining yurtga bo‘lgan muhabbatlarini o‘zida tashigan holda
so‘nmas Vatan mehri bilan bu dunyoga qadam qo‘yadi.
Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z
maqsad-muddaolari, shu
bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari
asosida rivojlantirib,
ma’naviy dun yosini yuk saltirib
borishga intilar ekan,
bu borada tarixiy
xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg‘usi
to‘laqonli ra vishda tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha mu-
vaffaqiyat va zafarlari, yo‘qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bi-
lan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi.
Qo‘lingizdagi O‘zbekiston tarixi darsligi XIX asrning ikkinchi yarmi
va XX asr boshlarida sodir bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Bu davr
Vatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli yillaridir. Bu,
bir to-