O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/142
Sana16.02.2024
Hajmi6,21 Mb.
#157847
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

Xalq ijodiyoti. 
Ta’lim
Xalq tomoshalari. XIX asr
http://eduportal.uz


15
gan. Chorshanba, payshanba va juma kunlari ta’til bo‘lgan. Talabalar ta’til 
kunlari o‘tilgan mavzular yuzasidan mustaqil ishlashga berilgan topshiriq-
larni bajargan. Juma musulmonlarning an’anaviy bayram kuni bo‘lgan va 
barcha shu kungi ibodatga tayyorgarlik ko‘rgan. Talabalarga esa olayotgan 
ilmini mustahkamlaydigan amaliy mashg‘ulot kuni sifatida qaralgan.
Ta’lim olish muddati ko‘p hollarda cheklanmagan. Ma’lumki, mad-
rasalar o‘rta va oliy o‘quv yurtlari sifatida shakllangan bo‘lib, maktablar 
uchun mullalar, masjidlar uchun imomlar, hukumat idoralari uchun qozi-
lar, mirzalar, moliyaviy ishlarni olib boruvchilar, yer-suvni taqsimlovchi-
lar singari amaldorlarni tayyorlar edi.
Bu davrda Xiva va Qo‘qon xonliklari, Buxoro amir-
ligida ilm-fan ma’lum darajada rivojlangan. Xiva 
xonligida Eltuzar (1804–1806) farmoyishi bilan Shermuhammad Munis 
Xorazm ning 1812-yilga qadar bo‘lgan tarixini yozgan. Uning asl ismi Sher-
mu hammad Amir Avazbiy o‘g‘li bo‘lib, tarixchi, ayni paytda shoir, tarjimon, 
xattot, ma’rifatparvar bo‘lgan. U 1819-yilda Mirxondning «Ravzat us-safo» 
(«Soflik bog‘i») tarixiy asarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni boshladi va asar-
ning 1-jildini tarjima qilishga ulgurdi. Uning «Firdavs ul-iqbol» («Baxt lar 
bog‘i») asarini va «Ravzat us-safo» tarjimasini shogirdi va jiyani Ogahiy ni-
hoyasiga yetkazdi. Ogahiyning asl ismi Muhammad Rizo Ernazar biy o‘g‘li 
bo‘lib, 1809–1874-yillarda yashagan. 16 ta tarixiy, ma’rifiy, tarjima asarlar 
muallifi. U arab, fors, turk tillarini puxta bilgan va Xorazmning 1812–1872-
yillardagi tarixi ga bag‘ishlangan asar yozgan. Xiva xonligi tari xiga oid 
«Riyoz ud-davla», «Zubdat ut-tavorix», «Gulshani davlat», «Shohidi iq-
bol» nomli asarlar yozgan. Ogahiyning xalqparvarligi va xalq holiga befarq
emasligi uning «Qish» g‘azalida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ogahiy 
she’riyati, tarixnavislik va tar jimonlik faoliyati O‘rta Osiyo hududidagina 
emas, balki XIX asr Sharq dunyosi madaniy hayotida chuqur iz qoldirdi.
Buxoro amirligida ham bir qator ilm-fan namo-
yandalari yetishib chiqdi. Ulardan biri yozuvchi, faylasuf, 
musavvir, ma’rifatparvar Ahmad Donish edi. U Bu xoro 
amiri Nasrulloning elchilari bilan 1857-yilda Moskva, 
Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari bo‘ylab sayohat 
qilgan. U «Buxorodan Peterburgga sayohat», «Buxoroi 
sharif mang‘it amirlari muxtasar tarixi», «Navodir ul-
vaqoe’» («Nodir vo qealar») asarla rining muallifidir. Ah-
mad Donish 1865-yilda amir Muzaffar taklifi bilan «Ma-

Download 6,21 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   142




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish