16
!
!
!
nozir ul-kavokib» («Say yo ralarning joylanishlari») nomli astronomiyaga
oid kitob yozgan. U faqat Buxoro amirligi emas, balki O‘rta Osiyo ning
boshqa xonliklarida ham eng ko‘zga ko‘ringan madaniyat arbobi sifatida
tanilgan edi.
XIX asr boshlarida amir Umarxon hukmronlik qilgan davrda Qo‘qon
xonligida markazlashgan hokimiyat o‘rnatilishi, savdo-sotiq munosabatlari-
ning tartibga solinishi, xonlikdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik
ilm-fan rivojlanishida muhim o‘rin tutdi. Xon saroyida o‘zbek milliy ma-
daniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan namoyandalar ko‘paydi.
Saroyda tarixnavislik, adabiyot, xattotlik rivojlandi. Saroy tarixchi-
si Muhammad Yunus tomonidan 1859-yilda yozilgan «Xudoyqul an-
var» asarida Muhammad Alixon davri tarixi voqealari batafsil yoritilgan.
Xonlik dagi eng mashhur xattot Turdi Ali bo‘lgan. Xonlik o‘rdasi quril-
gach, Xudo yorxon saroy devorlaridagi xattotlik ishlarini bajarishni ikki
shaxsga – Turdi Ali va Mirzo Mahmudlarga topshirgan. Turdi Alining
xon saroyidagi nufuzi baland bo‘lgan va ba’zi madaniy tadbirlarda xon
undan maslahatlar olgan.
O‘zingizni sinang!
munis – ...
1819-yilda ... Ogahiy – ...
Turdi Ali – ... Ahmad Donish – … 1857-yilda ...
XIX asrda ham O‘rta Osiyo davlatlari shahar-
larida qurilish ishlari rivojlangan. Ayniqsa, Xiva
xonligida XIX asr o‘rtalariga borib qurilish ishlari avj oldi. Bu davrda
Xiva va boshqa shaharlarda ko‘plab imoratlar – saroy, bozor, madrasa,
masjid, xonaqoh kabi inshootlar qurildi. Ollohqulixon madrasasi, Rah-
monqul Inoq saroyi, Ichan qal’adagi Muhammad Aminxon madrasasi
(1851–1855), Ark darvozasi qarshisida Muhammad Rahimxon madrasasi
(1871) bugungi kunda ham Xiva shahrining ko‘rki hisoblanadi. Ular-
ning devorlari o‘sha davr Xorazm me’morchiligiga xos bo‘lgan usulda,
tiniq zangori rang ustidan oq va yashil gullar tushirilgan koshinlar bilan
bezatilgan.
Qo‘qon xonligida bu davrda Hazrati Kalon Sohibzoda madrasasi
(1862), Hokim Oyim madrasasi (1869–1870), Sulton Murodbek mad-
rasasi (1872) qurib bitkazilgan. Ularning ichida XIX asr ikkinchi yarmi
noyob arxitektura yodgorligi hisoblangan yuzdan ortiq xonadan iborat