21
!
!
!
XIX asrning birinchi yarmida O‘r-
ta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi uzoq
vaqt davom etgan o‘zaro urushlar
ularning iqtisodiy va harbiy jihatdan
zaifl ashib qolishiga olib keldi. Bun-
day vaziyat oxir-oqibat xonliklar ning
istilo qili nishlarini osonlash tirdi.
Shunday qilib, XIX asrning o‘r ta-
lariga kelib xonliklar o‘rtasidagi o‘z-
aro urushlar, ichki nizo va ziddiyatlar,
davlat boshliqlarining uzoqni ko‘zlab
ichki va tashqi siyosat olib borma-
ganliklaridan nochor ahvolga tushib qoldi. Shunday vaziyatda Ros siya
imperiyasi hukumati o‘zining siyosiy, iqtisodiy va geopolitik manfaat-
larini ko‘zlab O‘rta Osiyoga harbiy istilochilik harakatlarini boshlaydi.
O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan
bo sib olinishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqich – 1847–1865-yillarda Rossiya
imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shi-
moliy-g‘arbiy vilo yatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etil-
gan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi
Turkiston viloyati tashkil etildi.
Ikkinchi bosqich – 1865–1868-yillarni qamrab olgan bo‘lib, bunda
Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amal-
ga oshirildi.
Uchinchi bosqich – 1873–1879-yillar davomida Xiva va Qo‘qon xon-
ligi yer larini bosib olishdan iborat bo‘ldi.
To‘rtinchi bosqich – 1880–1885-yillarda turkmanlarning bo‘y sun-
dirilishi edi. Shunday qilib, 1864–1885-yillarda – 20 yildan ortiq vaqt
davomida Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgar-
ligi natijasida bosqinchilik urush lari olib borildi. O‘rta Osiyo xonliklari
hududining katta qismi bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi.