O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/142
Sana16.02.2024
Hajmi6,21 Mb.
#157847
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

O‘zingizni sinang!
Istilo sabablari – ...
 
 Uchinchi bosqich – ... 
Birinchi bosqich – ...
 To‘rtinchi bosqich – ...
Ikkinchi bosqich – ...
 
 1864–1885-yillarda ...
Turkiston harbiy okrugi askar-
lari. 1867-yil
O‘rta Osiyoga
qarshi istilochilik 
yurishi bosqichlari
http://eduportal.uz


22
Rossiya imperatori Aleksandr II (1855–1881)
ning 1859-yilda Qo‘qon xonligini bosib olish - 
ning davom ettirilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi-
dan so‘ng harbiy harakatlar kuchaydi. Buning 
uchun, eng avvalo, xonlikning Toshkent shahri 
bosib olinishi zarur edi. 
Toshkentni bosib olishda Oqmachit qal’asi harbiy harakatlarning 
tayan chiga aylandi. Podsho qo‘shinlarining Oqmachit qal’asini bosib 
olish borasi dagi dastlabki harakatlari (1852-yil) mag‘lubiyatga uchra-
gach, 1853-yilda uni egallash uchun ikkinchi marta hujum boshlanadi. 
3 mingdan ortiq kishidan iborat harbiy qo‘shinga 400 kishidan iborat 
qal’a himoyachilari 20 kun davomida qarshilik ko‘rsatdi. Dushman to-
monga nisbatan soni juda oz bo‘lgan, qurshovda qolgan qal’a himoya-
chilari oxirgi imkoniyatlari qolgunicha jang qildilar. Kuchlar notengligi 
oqibatida podsho hukumati qo‘shinlari tomonidan qal’a egallanadi. Ke-
yinchalik bu qal’a harbiy harakatlar uchun tayanch punktga aylandi va 
unga Perovskiy forti deb nom berildi.
N. Veryovkin va M. Chernyayevlarning 1864-yilda uch mingdan 
ko‘p roq qo‘shini ikki yo‘nalishda: biri Perovskiy fortidan (Orenburg to-
mondan), boshqasi esa Verniy (Almati) shahri tomondan Toshkentni bo-
sib olish uchu n yo‘lga chiqdi. 4-iyunda M. Chernyayev boshchiligidagi 
qo‘shin Talas daryosining chap sohilidagi Avliyoota (hozirgi Taroz shah-
ri)ni bosib oldi. Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga rahbarlik 
qilishga Qo‘qon xoni tomonidan amirlashkar Aliquli (Alimqul) yuborildi. 
N. Veryovkin, agar Turkiston himoyachilari tas lim bo‘lmasa, shaharni 
yalpi o‘qqa tutib, barchani qirib tashlashini, Amir Temur tomonidan Ah-
mad Yassaviy sharafiga qurilgan maqbarani ham yakson qilishini ulti-
matum tarzida qo‘ydi. Natijada Aliquli o‘z qo‘shinini Turkistondan olib 
chiqib, Chimkent mudo faasi uchun che kindi. Uch kunlik jangdan so‘ng, 
12-iyul kuni N. Veryovkin otryadi 
Qo‘qon xonligiga qarashli Turkiston 
shahrini bosib oldi va 20 kilometrlik 
qal’a de vori bilan o‘ralgan Toshkentni 
bosib olishga tayyorgarlik ko‘ra bosh-
ladi.
Bu harbiy harakatlarga M. Chernya-
yev qo‘mondon etib tayinlandi. 1864-
yil kuzida Chimkent shahri egallanib

Download 6,21 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish