23
Yangi Qo‘qon chizig‘i asosida qo‘lga kiritil gan qal’alar birlashtirildi. Bu
vaqtga kelib Raim qal’asidan Perovskiy fortigacha Sirdaryo istehkom
chizig‘i, Semipala tinskdan Verniy shahrigacha Sibir isteh kom chizig‘i
vujudga keldi.
Yakunlarni chiqaramiz!
►
Rus elchilarining O‘rta Osiyo xonliklaridagi faoliyati;
►
Oqmachit – 1853-yil, Chimkent, Turkiston – 1864-yil;
►
Yangi Qo‘qon, Sibir istehkom chiziqlarining tashkil etilishi;
►
Harbiy yurish bosqichlari: 1847–1865, 1865–1868, 1873–1879,1880–
1885.
Savol va topshiriqlar
1.
Irtish daryosi sohilida qurilgan istehkomlar
qanday vazifani bajarishi
lozim edi?
2.
O‘rta Osiyoga yuborilgan ingliz elchilarining maqsadlari nima
bo‘lgan?
3.
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishdan ko‘zlagan maq-
sadlari nimalardan iborat bo‘lgan?
4.
O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining bos-
qichlarini sa nab bering.
5.
Oqmachit qal’asining bosib olinish tafsilotlarini aytib bering.
6.
Chimkent va Turkiston shaharlarining bosib olinish tafsilotlarini aytib
be ring.
Toshkent bosib
olinishining
strategik ahamiyati
?
?
7-§. TOShKENTNING BOSIB OlINIShI
Toshkent O‘rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, yirik
Eski shahar xaritasi. XIX asr
ma’ muriy va
s a v d o - s o t i q
mar kazlaridan
biri hisob lan gan.
XIX asrning ik-
kinchi yarmida Toshkent shah rining
12 ta, ya’ni Labzak, Taxtapul, Qora-
saroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha,
Samarqand, Kamolon, Beshyog‘och,
Qo‘ymas, Qo‘qon, Qoshg‘ar darvoza-
lari bo‘lgan.
Har tomondan shaharga
kirish uchun qurilgan bu darvozalar
soqchilar tomonidan qo‘riqlangan.