• Savol va topshiriqlar 1. Rossiya imperiyasining Buxoro amirligiga qarshi yurishiga bahona bo‘lgan omil nima edi 2.
  • 10-§. BUXORO AmIRlIGI USTIDAN ROSSIyA ImPERIyASI PROTEKTORATINING O‘RNATIlIShI
  • Samarqand uchun jang
  • O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/142
    Sana16.02.2024
    Hajmi6,21 Mb.
    #157847
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142
    Bog'liq
    ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

    O‘zingizni sinang!
    Erjar – … 
     
     
    1866-yilda … 
    1864–1866-yillarda …
    N. Krijanovskiy – … 
    Atamalar izohi
    Kazak
    – Rus davlatida o‘rta asrlarda krepostnoy dehqonlar orasidan 
    chekka hududlarga qochib borib, erkinlikka chiqqan kishilardan tuzilgan 
    qo‘shin.
    Savol va topshiriqlar
    1. 
    Rossiya imperiyasining Buxoro amirligiga qarshi yurishiga bahona 
    bo‘lgan omil nima edi?
    2. 
    Jizzaxning bosib olinishini qanday izohlaysiz?
    3.
    Xo‘jand va O‘ratepa shaharlarining bo‘ysundirilishi haqida nimalarni 
    bilib oldingiz?
    4. 
    Xaritadan 1864–1866-yillarda bosib olingan hududlarni ko‘rsating.
    10-§. BUXORO AmIRlIGI USTIDAN ROSSIyA ImPERIyASI 
    PROTEKTORATINING O‘RNATIlIShI
    Turkiston general-gubernatori fon Kaufman O‘rta 
    Osiyoni bosib olishni Buxoro amirligini qo‘lga ki-
    ri tish bilan davom ettirishga qaror qildi. Amirlik-
    ?
    ?
    Samarqand
    uchun jang
    http://eduportal.uz


    32
    ning harbiy kuchi Qo‘qon xonligi bilan 
    uzluksiz olib borilgan urushlar, ichki ni-
    zolar, zamonaviy harbiy texnikada ortda 
    qolishi tufayli zaifl ash gan edi. Fon Kauf-
    man Bu xo ro amirligi chegara hu dudlarini
    pux ta o‘rganib chi qib, amir Muzaffar-
    ga che ga ra ning Ros siya mulki foydasi-
    ga o‘z gar tirilgan yan gi loyihasini tas-
    diqlashni tak lif qildi. Amir Muzaffar bu 
    shartnomani im zolash dan bosh tortdi. 
    Shunda K. P. Ka uf man uni general-
    guber nator lik chegaralariga bos ti rib kirishga tayyorgarlik ko‘rish da ayb-
    lab, 4 ming dan ziyod qo‘shindan iborat harbiy otryad to‘plab, 1868-yil 
    aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi. Biroq K. P. Kaufmanning 
    a
    mir Muzaffar qo‘shinini Samarqandga to‘plagan, deb qilgan taxmini 
    o‘z tasdig‘ini topmadi.
    Bu vaqtda Buxoro qo‘shinlari Cho‘ponota tepaligida o‘rnashib olgan 
    edi. 1868-yil 1-mayda fon Kaufman tepalikka hujum boshladi. Rossiya 
    imperiyasi qo‘shinlari amirlik sarbozlarining miltiq va to‘pdan tinmay 
    o‘qqa tutib turganiga qaramasdan, suvdan kechib Cho‘ponota tepaligiga 
    ko‘tarildi. Natijada sarbozlar chekinishga majbur bo‘ldi. Shu bilan Amir 
    Muzaffar qo‘shinining ilg‘or jangovar qismi tor-mor keltirildi. Shundan 
    so‘ng Zirabuloq tepaligida ikkinchi jang bo‘lib o‘tdi. Qanchalik qar-
    shilik ko‘rsatmasin, Buxoro amiri qo‘shini yana mag‘lubiyatga uchradi 
    va podsho qo‘shinlari Samarqandga jangsiz kirib bordi. K. P. Kaufman 
    Samarqand bekligini Rossiyaga berish, «harbiy xarajatlarni» to‘lash va 
    1865-yildan buyon Turkiston o‘lkasida qo‘lga kiritilgan barcha narsa-
    larni Rossiya mulki deb e’tirof etish sharti bilan sulh tuzishni taklif qilib, 
    Amir Muzaffarga maktub yo‘lladi, ammo amirdan javob bo‘lmadi.
    Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda amalga oshirgan harbiy isti-
    lochilik yurishlariga nafaqat amirlik va xonliklarning harbiy qo‘shinlari, 
    balki mahalliy aholi vakillari ham qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Masalan, 
    K. P. Kaufmanning Buxoro amirligiga qarshi harbiy yurishlari vaqtida 
    Urgut shahrida mahalliy aholi podsho huku matining qo‘shinlariga qarshi 
    kurash olib bordi. K. P. Kaufman general Abramovni qo‘shin bilan Ur-
    gutga yuborib, shahar ning taslim bo‘lishini taklif qildi. Lekin bu taklif 
    mahalliy aholi tomonidan rad etildi. Ikki tomon o‘rtasidagi to‘qnashuvda 
    mahalliy aholi mardonavor jang olib bordi. Artilleriya to‘plaridan otil-

    Download 6,21 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish