27
qaramay, imperator Aleksandr II ning buyrug‘i bilan navbatdagi harbiy
rejalarni amalga oshirish davom ettirildi.
1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati O‘rta Osiyodagi har-
biy harakatlarni olib borishda harbiy markaz rolini bajardi. Navbatdagi
vazifa bosib olingan hududlarda podsho hukumati hukmronligini mus-
tahkamlash va ma’muriy-hududiy birlik larni tashkil qilishdan iborat
edi. Mazkur maq sad larni amalga oshirish uchun bosib olingan joylarni
o‘z ichi ga oluvch i ma’muriy-boshqaruv hudud, ya’ni alohida general-
gubernatorlik tashkil etishga kirishildi. Buning sababi O‘rta Osiyoning
Orenburg general-gubernatorligidan uzoq da joylashganligi bo‘lsa, bosh-
qa yana bir sababi bu kelgusida bosib olinadigan yerlarni ham birlash-
tirish bo‘lgan. Bu hududlar ning imperiya tarkibida yana bitta general-
gubernatorlik tashkil qilish uchu n aholisi va hududi to‘g‘ri kelgan. Shu
bilan birga O‘rta Osiyoda alohida general-gubernatorlikni tashkil qilish
orqali uning geografik xususiyatlari, iqtisodi, tabiiy boyliklari, mineral
resurslarini imperiya manfaatlariga har tomonlama moslashtirish edi.
1867-yilda bosib olingan hududlarni o‘z ichiga oluvchi Turkiston
ge neral-gubernatorligi tashkil qilindi va Turkiston harbiy okrugi tuzildi.
1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha
harbiy qismlar uning tarkibiga kiritildi. Bu davrda Turkiston harbiy okru-
gidagi harbiylar soni 40 ming kishidan iborat bo‘lgan.
Toshkent shahri general-gubernatorlikning markazi qi-
lib belgilandi. U qulay geografik makonda joylashgan
bo‘lib, harbiy, siyosiy, strategik maqsadlarni amalga
oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi.
Turkiston general-gubernatori o‘lkada joylash-
gan harbiy qo‘shinlar qo‘mondoni, Yettisuv kazakla-
ri qismi qo‘mondoni va shu bilan birga bosh sudya
ham hisoblangan. Turkiston general-gubernatorligiga
1867-yil Rossiy a imperatori farmoniga ko‘ra general-
adyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman (1867–1881) tayinlandi. U
bir paytning o‘zida Turkiston harbiy okrugi ning qo‘mondoni ham edi.
Turkiston general-gubernatorligi Turkiston vilo-
yati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qis mini
ham o‘z ichiga oldi. Dastlab Turkiston general-
gubernatorligi ma’muriy jihatdan ikkita viloyat: Sir-
daryo (markazi – Toshkent) va Yettisuv (markazi – Verniy) viloyatlariga
bo‘lingan. Sirdaryo viloyatining hududiga, asosan, 1865-yilda tashkil