O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/142
Sana16.02.2024
Hajmi6,21 Mb.
#157847
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

Qorasaroy
Sag‘bon
chig‘atoy
Ko‘kcha
Samarqand
Kamolon
Beshyog‘och
Qo‘ymas
Qo‘qon
Qoshg‘ar
Taxtapul
O‘RDA
ShAyXONTOhUR
ShAhRISTON
Bo‘zsuv
c
hovli
labzak
http://eduportal.uz


24
Shaharni mudofaa qilish uchun qurilgan devor ortida Kaykovus 
arig‘ining suvi bilan to‘ldiriladigan xandaqlar bo‘lgan. Toshkent to‘rtta –
Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shay xontohur dahalariga bo‘linib, 
har bir daha o‘z oqsoqoli tomonidan boshqarilgan. XIX asr o‘rtalarida 
shahar aholisi 80 mingga yaqin kishini tashkil qilgan. Toshkent shahri-
ning bosib olinishiga podsho hukumati jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Chun-
ki Toshkentni egallash – Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi harbiy 
yurishlarini keng qamrovda va tayanch hududga ega bo‘lgan holda olib 
borilishini ta’minlar edi. Bu shahar O‘rta Osiyoni bosib olis h uchun asosiy 
yo‘lak, harbiy qo‘shinlarning kelgusidagi harakatlari uchu n tayanch nuqta 
vazifasini bajara oladigan joy hisoblangan.
1864-yil 1-oktabrida M. Chernyayev o‘zini pod-
sho ga yaxshi ko‘rsatish uchun tezlik bilan Tosh-
kentni qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi. Lekin uning bu 
rejasi amal ga osh madi. M. Chernyayev 70 nafardan ziyod askarlari-
dan ajralib, Chimkentga cheki nishga majbur bo‘ldi. Uning Toshkentni 
egallash uchun olib borgan birinchi harakati natija bermagach, yangi 
hu jumga tay yorgarlik boshladi. Uning 
bu tayyorgarligi bahorgacha davom etdi 
va 1865-yil aprel oyi oxirida podsho 
hukumatining harbiy qo‘shinlari Tosh-
kent yaqi niga joylashtirildi. M.Cher nya- 
yev boshchiligidagi harbiy qo‘shin Tosh-
kent shahridan 25 km uzoqlikdagi Chir-
chiq daryosi ning chap sohilida joylash-
gan Niyozbek qal’a siga kelib, uni jangsiz 
topshirishni taklif qiladi, lekin qal’a himoyachilari rad javobini berib, 
mudofaaga o‘tadi. Himoyachilar va istilochilarning harbiy kuchlari 
o‘rtasidagi farq juda katta edi. Qal’a to‘xtovsiz ravishda to‘plardan 
o‘qqa tutilib, devorlari buzib tashlandi. Devorlarning buzilgan joylari-
dan bos qinchilar qal’aga kirib, uni egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Oqi-
batda Toshkent darvozasi deb nom olgan Niyozbek qo‘rg‘oni dushman 
qo‘liga o‘tdi. Ushbu qal’aning qo‘lga kiritilishi M. Chernyayevga Tosh-
kentni suv ta’minotidan uzib qo‘yish imkonini berdi. Uning buyrug‘i 
bilan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’minlaydigan Chirchiq dar-
yosidagi to‘g‘on buzib tashlanadi.
M.Chernyayev boshchi li gidagi istilochilar 1865-yil 
may oyida bevosita Tosh kent ga hujum boshladi. 

Download 6,21 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   142




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish