26
?
?
surgun qilingan. Shu bilan Toshkent podsho hukumati ixtiyoriga o‘tib,
Turkiston o‘lkasining harbiy, siyosiy va ma’muriy markaziga aylantirildi.
Harbiy istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan hududlarda
Tur kiston
viloyati tuzilib, unga harbiy qo‘shin qo‘mondoni, general-
mayor M. Chernyayev gubernator qilib tayinlandi. 1865-yil 6-avgustda
qabul qi lingan «Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaq-
qat Nizom»ga muvofiq viloyatda harbiylashtirilgan
boshqaruv tartiblari
o‘rnatildi. Viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tashkil qilinishidan maq-
sad podsho hukumati ning kelgusidagi harbiy rejalari amalga oshirilishida
tayanch ma’muriy hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan edi.
Yakunlarni chiqaramiz!
►
12 ta darvoza, 80 ming aholi, 4 ta daha.
►
1864-yil 1-oktabr – Chernyayevning birinchi hujumi, Niyozbek qal’a-
sining egallanishi, 1865-yil Toshkentning egallanishi.
►
1865-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida
Turkiston viloyati
tashkil qilin di. Unga M. Chernyayev harbiy gubernator etib tayinlandi.
Atamalar izohi
Ultimatum (lotincha – so‘nggi, oxirgi) – biror masala yuzasidan bir dav-
lat hukumatining boshqa davlat hukumatiga bayon qilgan,
hech qanday
e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan qat’iy talabi.
Chor Rossiyasi (Царская Россия) – rus tilida podsho «царь» deyiladi.
Bu mahalliy aholi tilida «chor» deb talaffuz etilgan va shu bois o‘zbek
tilidagi adabiyotlarga shunday ko‘rinishda kirgan.
Savol va topshiriqlar
1.
«Eski shahar xaritasi» rasmiga qarab shahar tuzilishini tasvirlab bering.
2.
Rossiya imperiyasining Toshkentni egallashdan maqsadi nima edi?