35
bo‘lgan. Amir esa bu hujjatlarni rasman tasdiqlagan, xolos. P. Lessar Ros-
siya imperiyasi ning Buxoro amirligidagi birinchi vakili etib tayinlandi.
Vakilni Buxoroning amaldagi no ras miy
gubernatori deb hisoblash
mumkin edi. U Buxorodan 15 km uzoqda
joy lashgan Kogon shahrini
qarorgoh qil di. Bu bilan podsho hukumati Buxoroni to‘liq imperiya tar-
kibiga qo‘shib
olmas dan, mamlakatni amir
va uning amaldorlari orqali
boshqarishni afzal ko‘rdi. Natijada podsho hukumati Buxoro amirini o‘z
ta’sir doirasiga kiri tib, undan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandi.
1869–1870-yillarda Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angli-
ya bilan Afg‘oniston va O‘rta Osiyodagi chegaralarni belgilash to‘g‘risida
muzokaralar olib bordi. Natijada chegaralar Amudaryo bo‘ylab Panj tuma-
nidan o‘tkazilishiga kelishildi. Buxoro amirligi va Eron o‘rtasidagi chegara
1881-yil 10-dekabrda Eron shohi bilan Tehrondagi Rossiya elchisi imzo-
lagan maxfiy shartnomada belgilandi. 1885–1887-yillardagi muzokaralar
natijasida chegara larni belgilash bo‘yicha ingliz-rus komissiyasi Rossiya
imperiyasi ning O‘rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan Afg‘oniston
o‘rtasidagi chegara chizig‘ini belgilashni nihoyasiga yetkazdi.
Yakunlarni chiqaramiz!
►
1868-yil Buxoro amirligi Rossiya imperiyasi protektoratiga aylandi.
►
Zarafshon vohasi Rossiya hududiga
qarashli Turkiston general-
gubernatorligiga qo‘shib olindi.
►
Abdumalik to‘ra, Jo‘rabek va Bobobek rahbarligidagi xalq harakatlari.
Atamalar izohi
Protektorat
(lotincha – homiy) – mustamlaka
mamlakat qaramligi-
ning bir shakli. Bunday mamlakat ichki siyosatida birmuncha mustaqil
bo‘lsa-da, tashqi siyosati mustamlakachi davlat qo‘liga o‘tadi.