O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/142
Sana16.02.2024
Hajmi6,21 Mb.
#157847
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

Buxoro amirligi-
ning Rossiya 
protektoratiga 
aylantirilishi
Jo‘rabek.
Kitob hokimi
Bobobek.
Shahrisabz hokimi
2 – O‘zbekiston tarixi, 9
http://eduportal.uz


34
dan Buxoro hukm dori vassal deb ham yuritiladi. Ros siya savdo garlariga 
amirlikda erkin savdo qi lishiga sharoit yaratib berish va ularni himoya qi-
lishni o‘z zimmasiga oldi. Rossiyalik savdogarlarga sav do agentliklarini 
ta’sis etishga ruxsat berildi, tovarlardan olinadigan boj umu miy qiymat-
ning 2,5 foizidan oshmasligi belgilanib, ular amirlik hududidan boshqa 
davlatlarga erkin o‘tish huquqini oldi.
Mazkur shartnoma amirlikni tahqirlagan, huquqsizlikka va qashshoq-
likka mahkum etgan sharmandali shartnoma bo‘ldi. Amirning tobelik si-
yosatidan norozi bo‘lgan kuchlar o‘z harakatini boshladi. Xalq tomonidan 
qo‘llab-quvvatlangan Amir Muzaffarning katta o‘g‘li Abdumalik to‘ra, 
Jo‘rabek va Bo bobeklar bosh chiligidagi qo‘shin Samar qandni ozod qilish 
uchun kurashlarini davom ettirdi. Ular amir Muzaffarning taxtdan tushi-
rilganligini va Abdumalik to‘ra amir etib tayinlanganini e’lon qildi. Xalq 
qo‘shinlari avval Shahri sabzni, so‘ng Qarshi va Karmana shaharlarini o‘z 
qo‘llariga olishdi. Turkiston general-gubernatori fon Kaufman tomonidan 
bu harakatlarning oldini olish va bostirish uchun I. F. Abramov boshchi-
ligidagi qo‘shin yuborildi. Zamonaviy qurollar bilan ta’minlanmaganligi 
sababli janglarda qo‘zg‘olonchilar egallab olgan hududlaridan birin-ketin 
surib chiqarila boshlandi. Natijada Abdumalik to‘ra Xiva xonligi hudu-
diga, undan Afg‘onistonga o‘tib ketdi. Afg‘on amiri Sheralixon Angliya 
bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishini rejalashtir-
gani uchun unga yordam bermadi. Hech qayerdan yordam ololmagan 
Abdumalik to‘ra Peshovarga ketadi va u yerda 1909-yilda vafot etadi.
Shunday qilib, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi istilochilik uru-
shining ikkinchi bosqichi Samarqandning egallanishi va Buxoro amir-
ligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi bilan yakunlandi.
Buxoro bilan Rossiya imperiyasi 1873-yilda amir-
likka o‘z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yan-
gi shartnomani imzoladi. Bu vakilning roziligisiz 
amirlik biror-bir ichki hamda tashqi siyo-
siy masalani hal qila olmaydigan bo‘ldi. 
Shartnomaning 14-moddasida: «Rossiya 
hukumatidan ijozat bo‘lmagan, kim bo‘-
lishidan qat’i nazar, har xil kimsa larni 
Buxoro hukumati qabul qilmaydi», – deb 
ko‘rsatilgan. Shartnomaga muvofiq har 
kuni ertalab qo‘shbegi vakil dan kerakli 
ko‘rsatmalarni olib amirga yetkazishi shart 

Download 6,21 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish