14
4–5-§§. XIX ASR O‘RTAlARIDA O‘RTA OSIyO AhOlISINING
mADANIy hAyOTI
Xonliklardagi aholining aksariyati o‘zbek tilida
so‘z lashgan. Bu tilda
oliyhimmat qahramon va
bahodirlarning jasorati, ularning g‘alabalari va
adolat uchun kurashlari sharaflangan xalq dostonlari – qahramonlik
eposlari keng tarqalgan. XIX asrda qirqqa yaqin doston ma’lum bo‘lib,
«Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Kuntug‘mish», «Shirin va Shakar» doston-
lari ularning eng mashhurlari edi.
Aholi orasida xalq og‘zaki ijodiyoti katta o‘rin egallagan.
Ularda
amaldor larning illatlari, saroy a’yonlarining nuqsonlari va ochko‘zligi kul-
gi ostiga olinar edi. Ba’zi insofsiz amaldor va boylar qoralangan hamda
mehnatkash
xalqning oliy janobligi, mardligi madh etilgan. Dostonlarda
ko‘pincha ezgulik ning yovuzlik ustidan g‘alabasi g‘oyasi
yetakchilik qi-
ladi. O‘zlari mavzular to‘qib, ularni o‘zlari ijro etgan qiziqchilar va aski-
yachilar ham o‘zbek adabiyoti hamda folklorining rivojida salmoqli hissa
qo‘shganlar. Har yili bahorda shahar va qishloqlar atrofl aridagi bog‘lar va
chorbog‘larda, qir-u adirlarda xalq sayillari o‘tkazilar edi. Xalq sayillarida
sayyor sirk truppalari bozor maydonlarida o‘z tomoshalarini ko‘rsatib, aho-
lini xushnud qilgan. Polvonlar o‘rtasida kurash musobaqalari o‘tkazilgan.
Har uchala xonlikda ham ta’lim deyarli bir xilda olib borilgan. Buxoro
amirligidagi tizim Xiva va Qo‘qon xonliklarida ham joriy etilgan. Madra-
salar Olimlar yasovuli lavozimidagi shaxs (bu mansab XVI asrda paydo
bo‘lgan) madrasalar ta’limini nazorat qiluvchi, yuqori bo‘g‘in, ya’ni xon
yoki amir bilan madrasalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yuvchi
mansab egasining hukmdorga yozma ma’lumot berib, o‘qish
mavsumi
boshlanganligini bildirgan. Madrasalarda o‘qish muddati sentabr oyining
ikkinchi yarmida boshlanib, mart oyining oxiriga qadar davom etgan. Shu
tariqa o‘qish mavsumi 6 oy davom etgan. O‘quv
mavsumining bu tari-
qa belgilanishi xalqning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti
bilan bog‘liq edi. Mart oyi oxirlaridan dalalarda
ekin-tikin ishlari boshlangan. Sentabr oxirlari-
da hosil yetilib bo‘lgan. Oradagi 6
oyda talaba
dala ishlarida ishtirok etishi va ota-onasi, oilasi-
ga moddiy yordam berish imkoniyatiga ega edi.
Madrasalarda haftada to‘rt kun – shanba, yak-
shanba, dushanba, seshanba o‘qish kuni hisoblan-