|
O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)Bog'liq ozbekiston tarixi 9 uzb (1)Yakunlarni chiqaramiz!
►
O‘rta Osiyo xonliklarida oliy hukmdor cheksiz siyosiy, ma’muriy,
sud hokimiyatiga ega bo‘lgan.
►
Viloyat va tumanlarni oliy hukmdor tomonidan tayinlangan shaxslar
bosh qargan.
►
Qozilar sud ishlarini islom dini qoidalari asosida olib borganlar.
Savol va topshiriqlar
1.
Xiva xonligidagi davlat mansablarini ayting.
2.
Qo‘qon xonligining davlat boshqaruvi haqida gapiring.
3.
Buxoro amirligidagi mansablarga ta’rif bering.
4.
Xonliklarda sud ishlari kimlarning qo‘lida bo‘lgan?
5.
Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
3-§. XIX ASR O‘RTAlARIDA O‘ZBEK XONlIKlARINING
IJTImOIy-IQTISODIy hAyOTI
XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklari agrar davlat-
lar edi. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yerga
egalik tartib lari qandayligi, to‘lanadigan soliq va
to‘ lovlarining miqdori bilan belgilangan. Bu davrda yerlarning asosiy
qismi, ayniqsa, ekin maydonlari xon, uning qarindosh va yaqinlari
hamda bir qancha katta yer egalari qo‘lida bo‘lgan. Aholining aksari-
yati katta yer egalariga tegishli ekin maydonlarida mehnat qilib, ijaraga
olgan yerlari uchun hosil ning bir qismi (ko‘p hollarda hosilning 1/5
yoki 1/3 qismi)ni xiroj sifatida to‘laganlar.
Xiva xonligida ijaraga yer olgan dehqonlar yarimchi deb atalgan. Chunki
ular olingan hosilning yarmini ijara haqi qilib to‘lagan. Buxoro amirligi,
Xiva va Qo‘qon xonliklarida yerga egalik qilish shakllari deyarli bir xil edi.
Ular uch turdagi yer egaligidan iborat bo‘lib, amlok – davlat yerlari, mulk –
xususiy yerlar, shuningdek, masjid va madrasalar, diniy muassasalarga qa-
rashli vaqf yerlari hisob langan. Xonliklardagi yirik amaldorlar, harbiy sar-
kardalarga davlat tomonidan yerlar in’om etil gan. Vaqf yerlaridan olinadigan
foydaning hisob-kitobi va taqsimoti bilan mutavalli shug‘ullangan. Aholi
soliq va to‘lovlarni mahsulot yoki pul ko‘rinishida to‘lagan. Bundan tashqari
?
?
|
| |