7
?
?
XIX asrning o‘rtalariga
kelib Buxoro amirligi,
Xiva va Qo‘qon xonliklari aholisining etnik tarki-
bi bir-biriga yaqin bo‘lib, ularda, asosan, o‘zbeklar
yashagan. Shu bilan birga uchala
xonlik hududlarida tojiklar,
qozoq lar,
qoraqalpoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar ham istiqomat qilgan. Jumladan, bu
davrda Buxoro amirligining aholisi soni 2 million atrofida bo‘lib, aholi-
ning etnik tarkibi, asosan, o‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar,
qozoq lardan tashkil topgan. Aholining asosiy
qismi sersuv vohalarda
yashagan. Amirlikda mang‘it, saroy, qo‘ng‘irot, kenagas, qarluq, qalmoq,
nayman, qipchoq kabi o‘zbek urug‘lari ko‘pchilikni tashkil qilgan.
Xiva xonligida aholi soni 800 ming kishidan ortiq bo‘lgan.
Xonlik
aholi sining etnik tarkibi, asosan, o‘zbeklardan, bundan tashqari turkman-
lar, qora qal poqlar, qozoqlar va boshqalardan tashkil topgan.
Qo‘qon xonligida aholi soni 3 millionga yaqin bo‘lib, asosan, o‘z-
beklardan iborat bo‘lgan. Shu bilan birga u yerda qirg‘izlar, tojiklar, qozoq-
lar, uyg‘urlar, yahudiylar, hindlar va boshqa elat vakillari ham yashagan.
Bu davrda uchala davlatda ham aholining asosiy qismini tashkil qil-
gan o‘zbeklar o‘troq
turmush tarzida hayot kechirib,
dehqonchilik, hu-
narmandchilik va savdo-sotiq bilan, qozoqlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar
va qirg‘izlar esa ko‘chmanchi turmush kechirib, asosan, chorvachilik bi-
lan shug‘ullangan.