4
Aziz o‘quvchilar! Siz ushbu darslikni o‘qish jarayonida yaqin o‘t-
mi shimizdagi turli-tuman tarixiy hodisalar tafsilotiga duch kelasiz. Bu
hodisalar ga teran baho berish nihoyatda mushkul. Mustaqil davlatchiligi-
miz mohiyatini to‘la anglab yetish uchun mustamlakachilik sharoitida shu
hududda yashagan xalqlarning boshidan kechirganlari, jabr-zulm, turli
sitam larga qaramay, o‘z e’tiqodi, qadriyatlari va ezgulik yo‘lidagi sobitqa-
damligini saqlab qolganligi haqidagi tarixiy voqeliklarni bilish muhimdir.
Bundan tashqari darslik bilan tanishishda quyidagi masalalar bo‘yicha
atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lasiz:
– Rossiya imperiyasi istilosi arafasida O‘rta Osiyo xonliklari (Buxoro
amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari)dagi mavjud madaniy, ijtimoiy-iqti-
sodiy va siyosiy holat;
– O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan istilo eti-
lishi;
– O‘rta Osiyoda yangi ma’muriy tuzilma – Turkiston general-guberna-
torligining tashkil etilishi va boshqaruv tartiblari;
– Rossiya imperiyasining Turkistonni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, mada-
niy-ma’rifiy jihatdan mustamlakaga aylantirish uchun tutgan siyosati va
unin g oqibatlari;
– Turkiston o‘lkasida milliy davlatchilikni tiklash va istiqlolga erishish
uchun olib borilgan kurashlar, jadidchilik harakatlari va ularning dastlabki
qadamlari.