• Savol va topshiriqlar 1. Turkistonda tarix fanining rivoji haqida nimalarni bilib oldingiz 2.
  • 40-§. TEATR VA mUSIQA SAN’ATI
  • O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/142
    Sana16.02.2024
    Hajmi6,21 Mb.
    #157847
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   142
    Bog'liq
    ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

    Atamalar izohi
    Meteorologiya (yunoncha) – Yer atmosferasi, uning xususiyatlari va 
    unda bo‘ladigan fizik jarayonlar haqidagi fan.
    Felyeton
    (fransuzcha) – kundalik turmushda ro‘y beradigan salbiy 
    hodisalarni tanqid qilib yozilgan gazeta yoki jurnal maqolasi.
    Savol va topshiriqlar
    1. 
    Turkistonda tarix fanining rivoji haqida nimalarni bilib oldingiz?
    2.
    «O‘rta Osiyo olimlar jamiyati» nima uchun tez orada yopilgan edi?
    3. 
    Adabiyot sohasida ijod qilgan allomalarni sanab bering.
    4. 
    Jadid ma’rifatparvarlarining dramalari haqida nimalarni bilib ol-
    dingiz?
    5. 
    Jadid adabiyoti namoyandalari faoliyati haqida gapirib bering.
    6.
    Jadid adabiyotida o‘sha davrga xos bo‘lgan qanday g‘oyalar yetakchilik 
    qiladi?
    Shu mavzu bo‘yicha kichik esse yozing!
    ?
    ?
    http://eduportal.uz


    144
    40-§. TEATR VA mUSIQA SAN’ATI
    Qadimiy san’at turlaridan eng sevimlisi hisob-
    langan xalq teatrining Buxoro amirligi, Xiva va 
    Qo‘qon xonliklarida o‘ziga xos ko‘rinishlari mav-
    jud edi. Jumladan, Buxoro amirligida masxaraboz, qo‘g‘irchoqboz, raq-
    qos kabi san’at yo‘nalishlarining uyushmalari vujudga kelgan edi. Xo-
    razm an’anaviy teatrida esa ikki turkum tomoshalar – kulgili va xatarli 
    o‘yin turlari yaxshi shakllandi.
    Xalq teatri shakl jihatidan rang-barang va boy bo‘lib, ular xalq ora-
    sidan chiqqan komik aktyorlar – qiziqchilar, qo‘g‘irchoqbozlar, masxa-
    rabozlar va boshqalar o‘z mahoratlarini namoyish qilishgan. Ana shu 
    teatrlar va mas xarabozlarning tomoshalarida, asosan, xasis va ochko‘z 
    boylar, chalasavod mullalar, amalparast beklarning kirdikorlari fosh 
    etilgan. Ko‘proq bu tomoshalar dolzarb voqealar tasvirlangan satirik 
    ko‘rinishlardan iborat bo‘lgan. Garchi ularda yozma pyesalar bo‘lmasa-
    da, xalq og‘zaki ijodi mahsuli sifatida yod olingan mavzular sahnalashti-
    rilgan. Sahna asarlarini, odatda, san’atkorlarning o‘zlari ijod qilishgan. 
    XIX asrning ikkinchi yarmida bir nechta shaharlarda an’anaviy te-
    atr uyush malari vujudga keldi. Eng mashhurlari Qo‘qonda Zokir eshon, 
    Bu xoroda To‘la masxara uyushmalari edi. Ayniqsa, qo‘g‘irchoq teatrlari 
    ommabop bo‘lib, ular mavzusi markazida Kachal Polvon obrazi turgan.

    Download 6,21 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   142




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish