140
!
!
!
Bayoniy ham avlodlarga ikki yirik tarixiy asarini meros qoldirgan. Bular
«Xorazm tarixi» va «Shajarai Xorazmshohiy» asarlaridir.
Rus tadqiqotchilari ham o‘lkadagi tarix fani
rivojiga sezilarli hissa
qo‘shgan. Ulardan biri sharqshunos va arxeolog V. Vyatkin (1869–1932)
bo‘lib, u Samarqandda faoliyat yuritdi. V. Vyatkin mahalliy tarixchilar
bilan birgalikda ancha vaqt Ulug‘bek rasadxonasi o‘rnini izladi. 1908-
yilda rasad xona binosi qoldiqlarini va
rasadxonaga tegishli asbob-
uskunalarning bir qismini topishga muvaffaq bo‘ldi. U «Shohizinda»,
«Cho‘ponota», «Afrosiyob qo‘rg‘oni» asarlarini yozdi. Rus va o‘zbek
tillarini o‘rganish bo‘yicha qator darsliklar muallifi bo‘ldi.
1895-yilda tashkil etilgan Arxeologiya havaskorlari to‘garagining qat-
nashchilari o‘lkadagi tarixiy yodgorliklarni o‘rganishga kirishdi. Garchi
qidiruv va qazish ishlari kamdan kam o‘tkazilgan bo‘lsa-da, ular ayrim
arxeologik obyektlarni izlab topish va yodgorliklarni tavsiflash bilan
shug‘ullanib, sohaga muayyan hissa qo‘shdilar.
O‘zingizni sinang!
mulla Olim maxdum hoji – ...
V. Vyatkin – ...
1895-yilda ...
muhammad Solih – ...
yusuf Bayoniy – ...
O‘rta Osiyoni imperiyaning
bir qismiga aylandi
deb hisoblagan mustamlakachi hukumat o‘lkani
faol o‘z lashtirish maqsadida ilm-fanni rivojlanti-
rishga ham harakat qildi. Eng avvalo, 1867-yilda mintaqaning bosh xa-
ritasi tuzib chi qildi. Hududni xaritalashtirish va iqlimini o‘rganish uchun
Toshkentda meteorologiya stansiyasi tashkil etildi. Mutaxassislar yetish-
masligi sa babli uzoq vaqt davomida keng ko‘lamli
ilmiy tadqiqotlarni
shakllantirish amalga oshirilmadi. Faqat XIX asrning 90-yillarida va
XX asr boshlarida O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish bilan
bog‘liq bo‘lgan tad qiqot ishlari avj oldi. Mashhur rus zoologi va sayyohi
N. A. Seversev Pomir tog‘ tizimini o‘rganib chiqdi. U sayohati davomi-
da botanikaga va minerallarga oid namunalar to‘pladi. P. P. Semyonov-
Tyanshanskiy Tyanshan tog‘ tizi mini o‘rganib, muzlik, vulqonlar haqi-
da qiziqarli ma’lumotlar to‘pladi. A.P. Fedchenko Farg‘ona
vodiysi va
Oloyni, shuningdek, Zarafshon vodiy si bilan
Qizilqumni ham tekshirib
chiqdi.