138
O‘quv adabiyotlari nashrlariga senzura joriy qilindi. Mustamla-
kachi hukumatning jadidlarga qarshi kurashiga
mahalliy mutaassib
dindor-ruhoniylar ko‘maklashdilar. Yangi usul maktablariga, ayniqsa,
ma’muriyat vakillari va ayrim din peshvolari qarshi turgan.
Natijada 1911-yilda 50 ga yaqin jadid maktablari yopib qo‘yildi.
Jadid maktablarini ochish tashabbuskorlari qattiq nazorat ostiga olindi.
1913-yilga kelib Buxoro amirligida barcha jadid maktablari yopildi.
1870-yildan boshlab Turkiston general-gubernatorli-
gining rasmiy nashri – «Tуркестанские ведомости»
va uning o‘zbek tilidagi ilovasi «Turkiston viloya-
tining gazeti» muntazam chiqib turdi. Uning muharriri mustamlakachilik
tuzumi ning targ‘ibotchisi N. Ostroumov edi.
1906-yilda Ismoil Obidov muharrirligida ilk bor o‘zbek milliy gaze-
tasi «Taraqqiy» nashr etildi. Gazetaning birinchi soni chiqqan sana, ya’ni
27-iyu n hozirda O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari
xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.
Jadidlarning ma’rifatparvarlik faoliyati faqatgina maktablarda emas,
balki
matbuotchilik faoliyati, jumladan, gazetalarning ko‘plab
vujudga
kelishida ham ko‘rindi. 1906-yilda Ismoil Obidovning muharrirligida
«Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muhar rirligida «Xurshid», 1907–
1908-yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «Shuhrat», Ahmadjon Bek-
temirov muharrirligida «Osiyo» gazetalari chop etildi. Ma’rifatchilikning
yangi to‘lqinida 1913–1915-yil larda «Samarqand», «Sadoi Turkiston»,
«Sadoi Farg‘ona», «El bayrog‘i», «Ken gash», «Ulug‘ Turkiston», «Tu-
ron» gazetalari, «Oyna» jurnali, 1917-yil da esa «Hurriyat», «Farg‘ona
sahifasi» kabi ommaviy axborot vositalari ham paydo bo‘ldi.
Bu davr-
dagi nashrlar orasida «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gazetalari-
ning milliy o‘zlikni anglashdagi xizmatlari katta bo‘ldi. Uning ikki yillik
(1914–1915) faoliyati davomida milliy ziyolilarning vatanparvar qatlam-
lari tomonidan millat ozodligi
va ravnaqini tarannum etuvchi, xurofot
kabi eski aqidaparastlikni qoralovchi ko‘plab maqolalar e’lon qilindi.