|
Xiva xonligi qo‘riqchilari. XX asr boshi Pdf ko'rish
|
bet | 113/142 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 6,21 Mb. | | #157847 |
Bog'liq ozbekiston tarixi 9 uzb (1)Xiva xonligi qo‘riqchilari. XX asr boshi
solg‘ut
– yer solig‘i,
zakot, cho‘p puli – o‘tloqlardan foydalanganlik
uchun soliq, turar joylardan
o‘tov solig‘i kabilarni to‘lashgan.
Bunday soliqlardan tashqari dehqonlar turli-tuman majburiyatlarni
ham bajarishgan. Bu majburiyatlar orasida sug‘orish tizimini ta’minlash,
yangila rini barpo etish eng og‘iri edi. Xiva dehqonlari har yili kanal-
larni tozalashga, ko‘tarmalarni qurish va qayta tiklashga, to‘g‘onlar va
ko‘priklarni ta’mirlashga chiqardi. Bu ishlarga dehqonlar o‘z ish qurollari
va oziq-ovqati bilan kelardi. Majburiy ishga chiqmaganlar esa muayyan
miqdordagi mablag‘ni xazinaga to‘lashlari shart bo‘lgan. Xon farmonla-
rini e’lon qiluv chi jarchi o‘z foydasiga
afanak puli yig‘gan bo‘lsa, ishlar
nazo ratchisi va mutasaddisi ham o‘z ulushini olishga harakat qilgan.
Dehqonlar aholining 90% ga yaqinini tashkil etsalar-da, sug‘oriladigan
yerlarning atigi 5% iga egalik qilishardi. Yersiz va kam yerli dehqonlar
esa yirik zamindorlarning va vaqf yerlarida ijarachi sifatida ishlab beri-
shardi. Deh qonlar ulushbay yoki hosilning teng yarmi hisobiga mehnat
qilishgan. Ishlar yakunlanganidan keyin, odatda, yer egasiga hosilning
40–50% i be rilgan. Teng yarmiga ishlovchilar esa
yarimchilar deb atal-
gan. Yeri ham, asbob-uskuna lari ham, ish hayvoni ham bo‘lmagan deh-
qonlar esa zamin dorlar qo‘lida turli shartlarga ko‘nib ishlashga majbur
edilar. Qarzdor deh qonlar o‘z qarzlarini uzish uchun ma’lum vaqt davo-
mida tekin ishlab be rishlari lozim edi.
Shu zaylda xonlikda yersiz dehqonlar soni yildan yilga o‘sib borardi.
Ular xonlar, beklar va ularning amaldorlariga tobora qaram bo‘lib bori-
shardi. Bu jarayonlarning barchasi Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va
ijtimoiy ahvoliga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazdi.
http://eduportal.uz
|
| |