122
!
!
!
katini bostirish va davlat yaxlitligini saq lash uchun kurash vositasi edi.
Bu qo‘shin yaxshi uyushmagan, harbiy tartib-intizom bo‘sh, nihoyatda
sodda qurollangandi. Xonning muntazam qo‘shini yasovul boshi boshqa-
radigan 1,5 ming kishidan iborat edi. 1873-yildan boshlab Xiva qo‘shini
faqat ichki tartibni saqlash vazifasinigina bajargan.
Xonlik ma’muriy jihatdan 18 ta beklik va 2 ta noiblikka bo‘lingan
edi. Ulardan eng yi rik lari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko‘hna Urganch,
Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot hisoblangan. Ular ning har biriga xon tomonidan ta-
yinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar edi. Xonlikda ikkita kichik vi-
loyatlar ham bo‘lib, ularni xon noiblari boshqarardi. Xiva shahri va uning
tevaragi bevosita xonning tasarrufida bo‘lgan. Mavjud boshqaruv appa-
ratidagi mansabdor shaxslar dehqon va hunarmandlardan yig‘iladigan
soliqlar hisobidan kun kechirar edi.
Mehtar (bosh vazir) va
devonbegi (devonxona mutasaddisi) xon-
ning oliy amaldorlari va yaqin maslahatchisi bo‘lgan. Xonlikdagi sud-
lov tizimida hokimiyatga qarshi arzimagan qilmish uchun ham o‘lim
jazosi qo‘llanilar edi.
Islom dini ruhoniylari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hayotda katta
ta’sirga ega edi. Xiva Buxorodan keyingi islom dini markazlaridan biri
sa nalardi. Shaharda 160 dan ortiq masjid va dindorlarning qadam josiga
aylangan 60 dan ziyod avliyoning daxmasi mavjud bo‘lgan. Mamlakat-
da 1,5 ming ga yaqin maktablar faoliyat yuritardi. Bu maktabni bitirgan
talabalar ning ayrimlari oliy (madrasa) o‘quv yurtida o‘qishni davom etti-
rib, 10 yilgacha ta’lim olishardi. Bunda asosiy fanlar sifatida arab gram-
matikasi, islom huquqi va falsafasi, shuningdek, qo‘shimcha ravishda
elementar arifmetika va geometriya o‘qitilardi. Madrasa talabalari im-
tihon sinovlari topshirganlaridan so‘ng bo‘shab qolgan qozilik, imomlik
yoki boshqa biror nufuzli lavozimlarni egallashlari mumkin edi.