120
!
!
!
yarli hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. Bunday vaziyatdan chiqa ol-
magan amir Sayid Olimxon o‘z oilasi va devonidagi amaldor-u a’yonlar
bilan Afg‘oniston tomonga qochib o‘tdi.
1920-yil 2-sentabrda bolsheviklar armiyasi qo‘shinlari Buxoroga kir-
di. 6-oktabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Fayzulla Xo‘jayev
boshchiligidagi birinchi hukumat Xalq Nozirlar Kengashi tuzilganligi
e’lon qi lindi.
O‘zingizni sinang!
1920-yil 29-avgustda ...
1920-yil 2-sentabrda ...
Muvaqqat inqilobiy qo‘mita – ... F. Xo‘jayev – ...
Tarixiy hujjat
Buxoro amirligi xazinasi haqida
Buxoro amirining bosh vaziri – qo‘shbegi Mirzo Nasrulloning shaxsan
o‘zi tuzgan ro‘yxat bo‘yicha: Buxoro tillasi 1148380 dona, rus tillasi –
4365100 dona, yombi holidagi gamburg ti lla si – 17 dona, kumushi –
45 tonna, rus kumushi – 22 tonna 160 kg, Buxoro tangasi – 62834780
dona, Buxoro mis tangasi – 13 tonna, tilla kukuni – 1 tonna, yirik bril-
liantlar – 3483 karat, buyumlarga tikilgan brilliantlar – 968 karat, qim-
matbaho toshlar – 8617 karat bo‘lgan. Amir Olimxon qo‘lidagi rus sa-
noat banklari aksiyalarining qiymati 33 million so‘m edi. Uning xazi-
nasida 100 mln Rossiya imperiyasi pullari bo‘lgani ham qayd etilgan.
Yakunlarni chiqaramiz!
►
Yosh buxoroliklar faoliyati.
►
1910-yil taxtga Sayid Olimxon o‘tirdi.
►
Islohotlar o‘tkazishga urinishlar, namoyishlar.
►
1920-yil 29-avgustda Chorjo‘yda qo‘zg‘olon uyushtirildi.
►
Buxoro amirligi tugatilib, 1920-yil BXSR tashkil qilindi.