116
Buxoro amirligi hududi katta foyda keltiruvchi
tranzit savdo uchun
ham qulay edi. Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi barcha savdo yo‘llari
Buxoro amirligi orqali o‘tardi. Rossiya Buxoro orqali Afg‘onistonga kat-
ta
miqdorda movut,
chinni buyumlar, baxmal, chit,
gugurt va kerosin
chiqarar edi.
1887-yilda amirlik hududi orqali dastlabki temiryo‘l o‘tkazildi. Bu-
xorodan 15 kilometr masofada Yangi Buxoro stansiyasi qurilishi boshlab
yuborildi. Bu yerda amir saroyi va Rossiya siyosiy agentining qarorgohi
ham barpo etildi. Endilikda Buxoro amirligi temiryo‘l
orqali Toshkent,
Orenburg va Moskva bilan bog‘langandi. 1888-yilga kelib Buxoro amir-
ligi hududida rus qishloq lari vujudga kela boshladi.
Buxoroda Rossiya
davlat banki bo‘limi ochildi. Bundan tashqari ikkita paxta tozalash zavo-
di, Yevropa namunasida ikkita mehmonxona barpo etildi. Eski Buxoro-
dagi qo‘shbegi uyi va Rossiya imperatorining siyosiy agentligi qarorgohi
ilk paydo bo‘lgan telefon aloqasi bilan bog‘langan edi.
Atamalar izohi
Stixiyali – uyushmagan, to‘g‘ri tashkil etilmagan harakat.
Notarial ishlar (lot. – kotib) – yuridik va boshqa turli hujjatlarni tas diq-
lash ishlari.
Yakunlarni chiqaramiz!
►
Buxoro amirligining Rossiya bilan 1868-yilgi shartnomasi.
►
Rossiya, Afg‘oniston, Hindiston, Eron bilan savdo-sotiq.
►
1887-yil – Buxoro amirligi orqali temiryo‘l qurilishi.
►
Amir Muzaffar –
soliqlar oshirilishi, zulm kuchayishi va Vose qo‘z-
g‘oloni.
Savol va topshiriqlar
1.
Buxoro amirligining Rossiya bilan 1868-yilgi
shartnomasi mamlakat-
ning keyingi rivojlanishiga qanday ta’sir o‘tkazdi?