• 34-§. yOSh BUXOROlIKlAR FAOlIyATI VA BUXORO AmIRlIGINING TUGATIlIShI
  •   Buxoro amirligining qo‘shbegi, devonbegi, bosh qozi kabi amaldorlari  zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan edi? 3




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet106/142
    Sana16.02.2024
    Hajmi6,21 Mb.
    #157847
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142
    Bog'liq
    ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

    2. 
    Buxoro amirligining qo‘shbegi, devonbegi, bosh qozi kabi amaldorlari 
    zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan edi?
    3. 
    Vose qo‘zg‘olonining sabablari nimalardan iborat edi?
    4.
    Qo‘zg‘olon ko‘targan aholi tomonidan qanday xatolarga yo‘l qo‘yilgan 
    edi?
    5.
    XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligida tovar-pul muno-
    sabatlari rivojlanishiga qaysi omillar ta’sir o‘tkazdi?
    ?
    ?
    http://eduportal.uz


    117
    34-§. yOSh BUXOROlIKlAR FAOlIyATI
    VA BUXORO AmIRlIGINING TUGATIlIShI
    XX asr boshlarida Buxoro ijtimoiy hayotida bir-
    biriga qarama-qarshi ikki kuch paydo bo‘ldi. Bi-
    rinchisi – Buxoroning siyosiy hayotini demokra-
    tik asosda qayta qurish, uning iqtisodini rivojlantirish, ilg‘or mamlakat-
    lar qatoriga ko‘tarilishi uchun astoydil kurashuvchi Yosh buxoroliklar. 
    ikkinchisi – diniy mutaassiblar, har qanday yangilik va islohotlarning 
    dushmani bo‘lgan toifa vakillari edi.
    Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida 1910-yildan faoliyat 
    ko‘rsata boshladilar. Ular Buxoro taraqqiyparvarlarining yetuk namoyan-
    dalari (Abdulvohid Burhonov, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzul-
    la Xo‘jayev, Usmon Xo‘ja, Abduqodir Muhitdinov, Musojon Sayidjonov 
    va boshqalar) bo‘lib, Buxoroni mustabid amir hukmronligidan qutqarib, 
    respublika tuzumini o‘rnatishga harakat qildilar. Yosh buxoroliklar Bu-
    xoroda yangi usul maktablarini tashkil qildilar. Bu maktablar uchun turli 
    darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yozildi. «Buxoroi sharif» va «Turon» 
    gazetalari nashr qilindi. Ushbu nashrlar xalqni jaholatdan uyg‘otish va 
    ma’rifatga da’vat etish bilan birgalikda milliy-ozodlik va mustaqillik 
    g‘oyalarini ham ko‘tarib chiqdi.
    Amir Abdulahaddan so‘ng Buxoro taxtini uning 
    o‘g‘li Sayid Olimxon (1910–1920) egalladi. Uni 
    1893-yilda otasi Peterburgga o‘qishga jo‘natdi. 
    Bu yerda u 3 yil davomida harbiy ishlar va davlat boshqarish asoslarini 
    o‘rgandi. Amirlik taxtiga o‘tirgan Sayid Olimxon Buxoroda davlat asosla-
    ri va diniy tizimni o‘zgartirish taraddudida bo‘lmadi. Ammo Rossiyadagi 
    voqealar va amirlik ning o‘zidagi muxolafatchi 
    harakatlar uni chora-tadbirlar ko‘rishga va Yosh 
    bu xoroliklarning (jadidlar) mamlakatni demok-
    ratlashtirish va islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi 
    talablariga yon berishga majbur qildi.
    1917-yil Rossiyadagi fevral voqealari va u 
    tufayli Buxoro siyosiy hayoti dagi jonlanish, si-
    yosiy o‘zgarishlarning Buxoro amirligida ham 
    takrorlanishidan saqlanish amirni ayrim islohot-
    larni amalga oshirishga undadi. 1917-yil baho-
    rida bosh qozi amir qabulxonasida mamlakatda 

    Download 6,21 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      Buxoro amirligining qo‘shbegi, devonbegi, bosh qozi kabi amaldorlari  zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan edi? 3

    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish