114
!
!
!
daromadlarining yarmidan ko‘pini tash-
kil etardi. Bundan tashqari xiroj bilan
bir qatorda
kafsan,
dorug‘ayi muzd,
ya’ni xirmonlarni xatga olgani uchun
amaldorga qo‘shimcha maosh ham un-
dirilardi. Bog‘lar va polizlardan olingan
daromadlar uchun alohida yi g‘im –
ta-
nobona
to‘langan.
Dehqonlar ma’muriyat vakillari ular-
ning yerlarni egallab olishidan, mahalliy hokimiyat va sud hokimiyati
xodimlari ning poraxo‘rligi hamda tovlamachiligidan aziyat chekishardi.
Odatda, dehqonning soliq to‘lashga puli bo‘lmasa, uning mol-mulki tortib
olinar edi. Kasodga uchrash, qashshoq lashish, amaldorlarning o‘z vako-
latlarini suiiste’mol qilishlari dehqonlarni qo‘zg‘olon ko‘tarishga majbur
qilardi. Natijada amirlikdagi eng yirik qo‘zg‘olonlardan biri 1885-yilda
Baljuvon bekligida shijoatli va xalqparvar Vose ismli kishi rahnamoligi-
da ko‘tarildi. Ketma-ket ocharchilik yillaridan keyin baljuvonlik dehqon-
lar ilk bora 1885-yilda mo‘l hosil yig‘ib olishgandi. Soliq yig‘uvchilar
esa nafaqat o‘sha yil uchun, balki o‘tgan kamhosil yillar uchun ham xiroj
to‘lashni talab qilishdi. Bunday soliq undirishni adolatsizlik deb bilgan
dehqonlar uni to‘lashdan bosh tortdilar. Amaldorlar zo‘ravonligi va ijti-
moiy zulm qurolli qo‘zg‘olonga undagan minglab deh qonlar Vose atro-
fida uyushdilar.
1885-yil iyul oyining oxirgi kunlarida qo‘zg‘olon ko‘targan deh-
qonlar va amir Muzaffar lashkari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Tayyorgar-
lik ko‘rmagan va mehnat qurollari bilan ko‘chaga chiqqan dehqonlar
mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘zg‘olon yo‘lboshchilari, jumladan, Vose ham
qo‘lga olinib, qatl etildi. 1888-yili Ko‘lob bekligida boshlangan yirik
dehqonlar qo‘zg‘olonlari Pomir chegara qo‘shinlarining yordami bilan
bostirildi. 1889-yil may oyida Kalif bekligida ham qo‘zg‘olon bo‘lib
o‘tdi.