110
qilishlariga yo‘l qo‘ymasligini ko‘rsatdi. Bu qo‘zg‘olon mustamlakachi
hukumatga yana bir bor mahalliy aholining ozodlik va mustaqillik uchun
kurash tuyg‘ulari hali so‘nmaganligini ko‘rsatdi. Podsho hukumati ba’zi
choralar ko‘rishga, yengilliklar yaratishga va aholi bilan murosa qilishga
majbur bo‘ldi.
Xullas, 1916-yilgi qo‘zg‘olon butun mustamlakachilik davomida Tur-
kistondagi eng qudratli va uyushgan qo‘zg‘olon edi. Jizzax qo‘zg‘oloni
tarixda «Jizzax fojiasi» degan nom qoldirdi. U Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining
«Jizzax qo‘zg‘oloni» nomli dostonida o‘zining to‘liq aksini topgan.