112
kuni shaxsan hukmdorga amirlikdagi ah-
vol to‘g‘risida ma’lumot berib turardi.
Bar cha amaldorlar qo‘shbegi
tomonidan,
faqat oliy amaldorlargina amir ning o‘zi
tomonidan tayinlanar edi.
Xazina va zakot yig‘imini boshqargan
devonbegi lavozimi ahamiyati va mavqeyi
jihatidan qo‘shbegidan keyin turgan. Sud-
lov, notarial ishlari, ta’lim
muassasalari-
ni
ruhoniylar boshqargan,
bosh qozi esa
diniy-sudlov ishlariga rahbarlik qilardi.
Joylarda qonunlarning ijro etilishi, di-
niy
amallarning bajarilishi, axloqiy me-
zonlar, bo zor dagi tarozilar va o‘lchovlar
ustidan nazorat ishlarini
rais boshqarardi. Rais o‘z navbatida bosh qozi-
ga bo‘ysunardi. Bosh raisning o‘zi amir va bosh qozi oldida ma’lumot
berish uchun shaxsan mas’ul bo‘lgan. Uchala oliy amaldor – qo‘shbegi,
devonbegi va bosh qozi har doim Buxoroda bo‘lishi shart edi. Amirlik-
dagi beklar va ularning mol-mulkini askarlar qo‘riqlashgan.
Mahalliy ma’muriyat – aminlar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari
va ruhoniylardan iborat bo‘lib, ular amir farmonlarini so‘zsiz ijro etishla-
ri shart bo‘lgan. Butun Buxoro amirligi bekliklarga bo‘lingan edi. Beklar
shaxsan amir tomonidan tayinlanar va lavozimidan bo‘shatilardi. Beklar
atrofida ularning qarindoshlari yoki yaqin kishilaridan tayinlangan ulkan
amaldorlar guruhi jamlangan.
Davlatni himoya qilish uchun amirning xalq ko‘ngillilari va qo‘-
shinlardan saralab olingan xos lashkari bo‘lgan. Lashkarga to‘pchiboshi
(to‘pchilashkar) rahbarlik qilgan. Biroq XIX asr oxiriga kelib amir lashka-
ri shoshilinch tarzda yig‘iladigan, yomon harbiy ta’lim ko‘rgan va sodda
qurollar bilan ta’minlangan dehqonlardan iborat bo‘lgan.
Bunday lash-
karning bosh maqsadi – zarur bo‘lganda Ark qarshisida safga yig‘ilish
edi. Lashkar tartiboti amalda XIX asr boshlaridan beri isloh qilinmagan,
harbiy ish sifatsiz va qo‘shin qurol-yarog‘lari o‘ta qoloq darajada edi.
Mamlakat daromadlarining katta qismini shaxsiy manfaatlariga sarf
qiluv chi amaldor va xizmatchilar davlat ravnaqi
va taraqqiyoti uchun
kamdan kam qayg‘urardilar. Shu bois amirlikning zaruriy sarf-xarajatlari
bir-biriga qon-qarindosh amaldorlar zimmasiga emas,
balki oddiy xalq
gardaniga tu shardi.