O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/142
Sana16.02.2024
Hajmi6,21 Mb.
#157847
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

Qo‘zg‘olonning 
boshlanishi
http://eduportal.uz


107
Qo‘zg‘olonchilarning temiryo‘lni 
buzishi
gishli bo‘lgan harbiy, ma’muriy va boshqa joylarga hujum qildilar. Ular 
13-iyul kuni temiryo‘l stansiyalarini, aloqa simlarini uzib, temiryo‘l va 
ko‘priklarni buzib tashladilar. 14-iyulda Abdurahmon jevachi o‘z uyida 
turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig‘ilish o‘tkazdi va unda Jiz-
zaxdan 12 chaqirim uzoqlikda joylashgan Kuyaboshi degan joyda to‘pla-
nib, barcha birgalikda harakat qilishga kelishildi. Bu xabarni atrofdagi 
joylarga yetkazish uchun vakillar yuboriladi. 
Jizzaxdagi bu voqealardan xabar topgan podsho hukumati polkovnik 
Ivanov boshchiligida harbiy kuchlarni u yerga yubordi. 18-iyul kuni Tur-
kistonda harbiy holat e’lon qilindi. 
Bu vaqtda mustamlakachi hukumat tomonidan 
qo‘z g‘olonni bostirish va uning ishtirokchilari-
ni jazolash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Jiz-
zaxga polkovnik Ivanov boshchiligida 13 ta rota 
soldat, 2 ta artilleriya qismi, kazak otryadlari, jami ikki yarim ming 
kishilik harbiy kuchlar yuborildi. Ular Jizzax shahrini to‘p va pulem-
yotlardan o‘qqa tutdilar. Mustamlakachilar qo‘shini dastlab Jizzaxni
keyin Zominni egallab, so‘ng Sangzorga yurish qiladi. Qo‘shin qurol-
siz qo‘zg‘olonchilarni ayovsiz o‘qqa tutadi. Abdurahmon jevachi omon 
qolgan 600 kishilik odamlari bilan 20–21-iyulda polkovnik Afanasyev 
boshchiligidagi harbiy kuchlarga qarshi jang olib bordi. Ivanov bosh-
chiligidagi harbiy kuchlarning yordamga kelishi qo‘zg‘olonchilarning 
mag‘lubiyatga uchrashini ta’minladi. Natijada qo‘zg‘olonchilar yengil-
di va chekinishga majbur bo‘ldi. Qo‘zg‘olon rahbarlari va faol ishti-
rokchilaridan Abdurahmon jevachi, Nazirxo‘ja eshon, aka-uka To‘raqul 
va Eshonqul To‘rabekovlar, Qosim hoji eshonlar qo‘lga olinib, o‘lim 
jazosiga hukm etildi. Mustamlakachi hukumatning jazo qo‘shini 
qo‘zg‘olonchilarni ayovsiz ra vishda jazolashga kirishdi. Qo‘zg‘olon 
ko‘tarilgan qishloqlarga o‘t qo‘yildi. 
Uylar yondirildi. Ularning oila 
a’zolari ham jazoga tortildi. Bu ja-
zodan qariyalar, ayollar, hatto yosh 
bolalar ham chetda qolmadi.
Jizzaxga 26–27-iyulda yana 
qo‘shimcha jazo otryadlari ye-
tib kelib, jazoni yanada kuchay-
tirdi. Qo‘z g‘olonchilardan 3 ming 

Download 6,21 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   142




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish